A PRO-liga tanaffus tugadi. “Oq bo'rilar” Urganchda mehmon
28 iyu 2019 13:53
Yangiliklar


A PRO-liga tanaffus tugadi. “Oq bo'rilar” Urganchda mehmon
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Birinchiligi PRO-Liga “A” guruhida ishtirok etuvchi jamoalar uchun rasman yozgi tanaffus tugadi.
Bugun 13-tur uchrashuvlariga start beriladi. Sergey Kovshov shogirdlari mazkur turda Urganchda mahalliy “Xorazm” jamoasi bilan kuch sinashadi.
O'yin Urganchdagi Markaziy stadionda o'tkaziladi. Eslatib o'tish joiz, ushbu stadion maysasi suniy qoplamalidir. Uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi.
Jamoalar quyidagi rangli liboslarda maydonga tushishadi:
“Xorazm” - ko'k oq aralash, “SHo'rtan” - oq.
Bugungi uchrashuv rasmiylari bilan tanishing:
“Xorazm” - “SHo'rtan” uchrashuvini Asker Najafaliev boshqarib boradi. Qanotlarda unga SH.Rahmatov va A.G'iyosov yordam berishadi. Nazoratchi: Marat Ismoilov. Komissar: SHerzod Rajabov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar