So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  4 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  16 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

A PRO-Liga. "SHerdor" Farg'onada yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

A PRO-Liga. "SHerdor" Farg'onada yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi

A PRO-Liganing 24-tur uchrashuvlari doirasida "Istiqlol" Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasida "SHerdor"ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujum tashkil etgan farg'onaliklar 2-daqiqadayoq tezkor gol kiritishni uddasidan chiqdilar.

Bu vaziyatda Elyor Mamasoliev "Istiqol"ning dastlabki goliga mualliflik qildi.

Birinchi bo'lim 21-daqiqasida mezbonlar "SHerdor" darvozasiga ikkinchi golni kiritdilar. "Istiqlol" yarim himoyachisi Sardorbek Sotvoldiev tomonidan ijro etilgan burchak zarbasini Ulug'bek Xudayberdiev golga aylantirdi - 2:0.

SHundan so'ng "SHerdor" jamoasi vakillari o'z o'yinlarini bir oz kuchaytirishdi.Samarqandliklarning jamoviy o'yin evaziga tashkil etgan bir nechta hujumlarida vaziyatni yakunlashda hujumchilarga tajribasizlik pand berdi.

Birinchi bo'lim so'ngiga qadar darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limni har ikki jamoa vakillari faol boshladilar.

Bo'lim o'rtalariga qadar jamoalar tomonidan tashkil etilayotgan ko'plab hujumlar samara keltirmadi.

62-daqiqada zahiradan o'yinga qo'shilgan mehmonlar futbolchisi Fayzullo Jumanqo'ziev "SHerdor" darvozasiga jamoasiga gol kiritdi - 3:0. Oradan 4 daqiqa o'tib Anvarjon Hojimirzaev belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, samarqandliklar darvozasini ishg'ol etdi - 4:0.

Uchrashuvga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar yarim himoyachisi Rustamjon Abduhamidov tezkorlik evaziga "SHerdor" darvozasiga gol kiritdi - 5:0.

Qiziqarli kechgan bahs shu tariqa "Istiqlol" jamoasining yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

A PRO-Liga. 24-tur
"Istiqlol" - "SHerdor" 5:0 (2:0)
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Husan Nabiev, Otabek Qosimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Sardor Qudratullaev
Gollar: Elyor Mamasoliev, 2 (1:0), Ulug'bek Xudayberdiev, 21 (2:0), Fayzullo Jumanqo'ziev, 62 (3:0), Anvarjon Hojimirzaev, 66-pen.(4:0), Rustamjon Abduhamidov, 90+2 (5:0)
«Istiqlol»: Nodir Ashurmatov, Farruxjon Ibroximov, Abduxoliq Qurbonov, Sardor Sotvoldiev, Rustam Abduxamidov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Xudayberdiev, Elyor Mamasoliev, Sardor Telyakov, Aybek Nurbaev, Timur Mamatmurodov.
Zahira: Timur Usmonov, Riza Ayvazov, Elyor Akbarov, SHoxrux Boyqo'ziev, Fayzullo Jumanqo'ziev, Xushnudbek Bozorov, 70. Boburbek Ergashev.
"SHerdor": Amirjon Narziqulov, Farzin Muxtorov, Asadbek Tolipov, Asiljon Oripov, Maradona Safarov, Faxriddin Alimov, Jahongir Saydullaev, Farhodjon Safarov, Oybek Jo'raev, Sohib Maxmudov, SHaxzodjon Ravupov.
Zahira: SHaxzod Raimov, Mirzo Axmedov, Murodjon SHamsiddinov


Bekzod Tolibov tayyorladi



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика