So’nggi yangiliklar

23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  1 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  2 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  18 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  158 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  7

90-yillar futboli: Ronaldo JCH-1998 finalidan so'ng Yangiliklar

90-yillar futboli: Ronaldo JCH-1998 finalidan so'ng

Teglar :  RonaldoJCH-1998
Saytimizda "90-yillar futboli" rukni davom etadi.

Ushbu rukn orqali o'tgan asr oxirlarida olingan suratlar berib boriladi. Yaqin o'tmishdagi futbolchilar, jamoalar, murabbiylarning rasmlari orqali tarixni yodga olib turamiz.

Bugun Ronaldoning tug'ilgan kuni shu munosabat bilan uning suratini taqdim etamiz. 

Braziliyalik Luis Nazario de Lima Ronaldo 1976 yilning 22 sentyabr sanasida Braziliyaning Rio De Janeyro shahrida tug'ilgan. Braziliya terma jamoasida 1994-2011 yillarda faoliyat olib borib 98ta uchrashuvda 62ta gol urgan. "Inter"da 1997-2002 yillarda o'ynagan va 68 o'yinda 49ta to'p kiritgan. Faoliyati davomida "Kruzeyro", "PSV", "Barselona", "Real Madrid", "Milan" va "Korintians" klublarida o'ynagan. Futbolchilik faoliyatini 2011 yilda tugatgan. Butun faoliyati davomida 518ta o'yinda 352ta gol urgan.

Yutuqlari: ikki marta Braziliya kubogi, Gollandiya kubogi, Ispaniya kubogi, Evropa Kubok egalari kubogi, ikki marta Ispaniya Superkubogi, UEFA kubogi, Ispaniya chempioni, Qitalararo kubok sohibi, 1994 va 2002 yillarda Jahon chempioni, 1998 yilgi Jahon vice chempioni, ikki karra Amerika kubogi sohibi, Konfederaciyalar kubogi, 1996 yilgi Olimpiada o'yinlari g'olibi.
SHaxsiy yutuqlari: Uch marta Jahonning eng yaxshi futbolchisi, ikki marta "Oltin to'p" sohibi, Gollandiya chempionati to'purari, Oltin butsa sohibi, Italiya A seriyasida yil futbolchisi, 1998 yilgi JCH "Oltin to'p" sohibi, 2002 yilgi JCH "Oltin butsa"si sohibi, 2002 yilgi JCH "Kumush to'p" sohibi.


Suratda Ronaldo 1998 yil Franciyada bo'lib o'tgan Jahon chempionati finalidan so'ng kumush medal bilan. O'sha bahsda Ronaldo jarohati bo'lishiga qaramay maydonga tushgan. Ammo ukollar yordamida harakat qilgan hujumchi Zidan boshchiligidagi francuzlar oldida hech nima qila olmagandi - 0:3.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика