82 yoshni qarshi olgan kunida Axbor Imomxo'jaevning 12-evarasi dunyoga keldi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2018, 12:18
O'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni sifatida tanilgan, o'zining unutilmas futbol sharhlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Axbor aka Imomxo'jaev kecha - 19 fevral kuni o'zining 82 yoshini qarshi olgandi.

Bayram davom etayotgan bir vaqtda Axbor aka uchun quvonchli bo'lgan yana bir xushxabar yetib keldi. Aynan shu kuni atoqli futbol sharhlovchisining 12-evarasi dunyoga keldi.

Axbor aka 5 farzandni tarbiya qildi (ulardan biri bandalikni bajo keltirgan). Ibratli oilada 15 nafar nabira ulg'aydi. Kechadan e'tiboran esa evaralar soni 12 nafarga etdi.

Biz saytimiz nomidan Axbor aka Imomxo'jaevga kechagidek baxtli kunlarning yana ko'pini tilab qolamiz! Farzandlar, nabiralar va abiralar qurshovida mana shunday fayzli hayot kechirish barchamizga nasib qilsin!

P.S. Imomxo'jaevlar xonadonida 11-evara o'tgan yilning 12 avgustida dunyoga kelgan bo'lib, hamkasbimiz Diyor Imomxo'jaev Axbor aka va Farida ayalarning nikoh to'ylari kunida ota bo'lish baxtiga musharraf bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia