So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  1 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  4 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

64 yoshli qo'qonlik muxlis Andijonga velosipedda bordi Yangiliklar

64 yoshli qo'qonlik muxlis Andijonga velosipedda bordi

Kecha Andijonda bo'lib o'tgan Andijon hamda Qo'qon-1912 jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan vodiy derbisi muxlislar o'rtasida yuqori qiziqishga sabab bo'ldi.

Vodiyda bo'ladigan har qanday derbini muxlislar intiqlik bilan kutishadi. Kecha esa hududiy jihatdan ham, turnir jadvalida ham bu jamoalarning qo'shni ekanligi o'yinga bo'lgan qiziqishni ikki xissa orttirdi. Qo'qonlik Malikjon Meliqo'ziev 64 yoshda bo'lishiga qaramasdan derbini o'yingohda ko'rish uchun Andijonga velosipedda yo'lga chiqdilar. Bugun Malikjon amakini Qo'qon-1912 jamoasi rahbariyati Qo'qondagi Markaziy o'yingohga taklif qilishdi.

Qiynalmadingizmi amaki? degan savolga Malikjon amaki Ertalab soat 6 da yo'lga chiqib Andijonga tushdan keyin soat 3 larda etib bordim. Andijonning Qo'qonga nisbatan biroz balandroqda joylashganligi sababli mo'ljallaganimdan biroz sekinroq etib bordim. Biroq o'yindan so'ng barcha charchoqlar esdan chiqib yana kuch-quvvatga to'lib qolganday bo'ldim. Barcha futbolchilar va murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. Mana shunday g'alabalar davomli bo'lsin. Sizlar g'alaba qozonib tursalaring biz muxlislar charchamaymiz, deb javob qaytardi.

Jamoa azolari jonkuyar muxlisga minnatdorchilik tariqasida Qo'qon-1912 jamoasining original futbolkasini sovg'a qilishdi. SHuningdek Malikjon amakiga navbatdagi turda bo'ladigan Olmaliq jamoasi bilan o'yinga markaziy sektordan chipta ham taqdim qilindi. Endi Malikjon amaki sevimli jamoasining safar o'yinlariga jamoa hisobidan tekinga borishi mumkinligi faxriy muxlisni behad quvontirdi. Zero futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Biz fidoiy muxlis Malikjon amakiga sog'lik – salomatlik tilaymiz.


 


Akramjon Mamadaliev.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика