6 yildan buyon biror marta maydonga tushmay ushbu mavsumda ikki marta qizil kartochka olgan darvozabon haqida bilasizmi?
29 iyu 2020 19:29
Yangiliklar


6 yildan buyon biror marta maydonga tushmay ushbu mavsumda ikki marta qizil kartochka olgan darvozabon haqida bilasizmi?
"Inter" darvozaboni Tommazo Berni mavsumda maydonga tushmasdan ikkinchi marta qizil kartochka oldi.
37 yoshli posbon 2014 yilda Milan klubiga qaytgandi va shu vaqtdan buyon u jamoa tarkibida biror marta o'yinlarda qatnashmadi.
Golkiper kecha A Seriyaning 28-turi doirasida "Parma"ga qarshi o'yinning 69-daqiqasida ehtiroslarini jilovlay olmagani va sportga xos bo'lmagan harakati uchun chetlatildi.
2020 yilning yanvar kunida "Inter" - "Kalyari" (1:1) uchrashuvida ham zaxirada o'tirgan joyida qizil kartochka olgandi.
SHuningdek, ushbu mavsumda biror marta o'ynamagan "Jenoa" posboni Federiko Marketti ham ikki marta maydondan chetlatildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar