6 ta klub "Atletik" vingeriga davogarlik qilmoqda
16 noy 2023 18:40
Yangiliklar
6 ta klub "Atletik" vingeriga davogarlik qilmoqda
Futbolchi yaqin orada faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
"Atletik" vingeri Niko Uilyamsga 6 ta klub davogar, deb xabar berdi AS.
Futbolchiga "Real", "Barselona", "Liverpul", "Manchester Siti", "Aston Villa" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbolchi uchun ustuvor vazifa – Ispaniyada qolish. Nikoning tovon puli 50 million evroni tashkil etadi, biroq uning amaldagi klubi bilan shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Ispaniyalik futbolchini kelasi yozda tekinga qo'lga kiritish ehtimoli bor.
Uilyams "Atletik" tarbiyalanuvchisi sanaladi. 21 yoshli vinger joriy mavsum La Ligada 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar