So’nggi yangiliklar

15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  14 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  12 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7

6 oy oldin bu jamoaning hatto keyingi bosqichga chiqishi nomalum edi, bugun esa JCHga borishga birinchi raqamli davogar Yangiliklar

6 oy oldin bu jamoaning hatto keyingi bosqichga chiqishi nomalum edi, bugun esa JCHga borishga birinchi raqamli davogar

11 noyabr kuni bo'lib o'tgan Livan - Eron uchrashuvidan so'ng livanlik futbol eksperti Mazen Naim Eron futbol saytiga intervyu berdi.

Uning aytishicha, Eron birinchilardan bo'lib Osiyo vakili sifatida JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Buning ularda kuch ham, salohiyat ham etarli dedi.

Eron JCH saralash o'yinida Livanni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Jamoa avvaliga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi. Biroq 90+1 va 90+5-daqiqalarda kiritilgan gollar eronliklarga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Undan keyin 16 noyabr kuni Eron yana safarda o'ynadi va Suriyadan 3:0 hisobida ustun keldi. 

6 oy oldingi holat esingizdami? 

JCH saralash ikkinchi bosqichini Eron yaxshi boshlay olmadi. Terma jamoa Mark Vilmots qo'l ostida 4 o'yinda atigi 6 ochko to'pladi. Guruhda esa Bahrayn bilan Iroq ancha ilgarilab ketgandi. Keyingi to'rtta bellashuvda Eronni faqat g'alaba qoniqtirardi. 

Eron qolgan 4ta o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazishi kerak edi va bu o'yinlar Gonkong, Bahrayn, Iroq terma jamoalari bilan kechishi lozim edi. Safarda esa autsayder Kambodja bilan uchrashuv qolgandi. Pandemiya sabab OFK to'xtab qolgan JCH saralash bahslarini markazlashgan tartibda davom ettirishga qaror qildi. Va buning natijasida Eron qolgan 4ta o'yinni Bahraynda o'tkazadigan bo'ldi. 

Markazlashgan tartibdagi o'yinlarning Bahraynga ko'chirilishi eronliklarga umuman yoqmadi. Ko'pchilikning fikricha, bu atayin qilingan "o'yin"ga o'xshab qoldi. Mart oyi oxirlarida OFK Eron futbol federaciyasiga xat yo'llab, uchrashuvlar o'tadigan joy Bahrayndan boshqa mamlakatga, xususan Eronga ham ko'chirilmasligini malum qildi. SHundan so'ng etirozlar yanayam kuchaydi.

Lekin nailoj, Eronga Bahraynga kelib o'ynashga majbur bo'ldi. Safarga otlanishdan oldin jamoada bosh murabbiy o'zgardi: Mark Vilmots o'rnini hozirgi murabbiy Dragan Skochich egalladi. Serbiyalik mutaxassis qisqa vaqt ichida jamoani bir maqsad yo'lida birlashtira oldi va futbolchilarga hali hech narsa yo'qotilmaganini uqtirdi. 


Pandemiyaga qadar

Eron terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raundini 2019 yil 10 sentyabr kuni safarda Gonkongga qarshi boshlab, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinda Sardor Azmun bilan Karim Ansarifad tomonidan kiritilgan gollar jamoaga g'alabani taqdim etdi. 

Keyingi uchrashuvni o'z maydonida Kambodjaga qarshi o'tkazgan forslar 14:0 hisobida zafar quchishdi. Mana shu o'yindan so'ng Eron uchun omadsizlik boshlandi. 

Jamoa dastlab Bahraynda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Undan keyin yana safarda Iroq mehmoni bo'lgan Eron 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi va guruhda uchinchi o'ringa tushib qoldi. Kemat-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng belgiyalik mutaxassis Vilmots istefoga chiqarildi. 

Markazlashgan musobaqa

Terma jamoani markazlashgan musobaqaga Dragan Skochich tayyorladi. Ushbu murabbiy bungacha Eronning "Sanat Naft" klubini boshqarayotgandi. Federaciya rahbariyati esa terma jamoaga aynan uning nomzodini maqulladi. 

SHu yilning iyun oyida o'tkazilgan markazlashgan tartibdagi saralash uchrashuvlariga Eron jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Ular Bahraynga kelib, birinchi uchrashuvni 3 iyun kuni Gonkongga qarshi o'tkazishdi va 3:1 hisobida zafar quchishdi. Eron 7 iyunda asosiy raqibi Bahraynni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bahrayn o'z maydonida hech narsa qila olmadi. Sardor Azmun dubl qayd etgan bo'lsa, Mehdi Taremi o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ydi. 

11 iyun kuni forslar Kambodjaga qarshi ikkinchi o'yinni o'tkazib, 10:0 hisobida zafar quchishdi. Har ikkala bahsni qo'shib hisoblasa, Eron Kambodja darvozasiga 24ta gol urdi. 15 iyunda Eronni guruhdagi oxirgi uchrashuv kutib turardi. Bu galgi raqib Iroq terma jamoasi edi. Qiyin kechgan bahsda forslar yana g'alaba qozonishdi. Sardor Azmunning yagona goli jamoaga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

SHu tariqa Eron terma jamoasi 4ta o'yinda 100 foizlik natija ko'rsatib, birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Vaholanki, bu jamoa guruhda qolib ketishi ham mumkin edi, ammo bu o'rinda Bahrayn va Iroq ustidan qo'lga kiritilgan g'alabalar juda katta yordam berdi. (Guruhdan ikkinchi o'rin bilan chiqish Iroq terma jamoasiga nasib qildi, Bahrayn esa guruhda qolib ketdi). 

Markazlashgan musobaqadan so'ng intervyu bergan Dragan Skochich muvaffaqiyat sababini jamoa kuniga 20 soat ishlagani bilan izohladi. 


Uchinchi bosqichdagi peshqadamlik

Eron terma jamoasi saralashning uchinchi raundiga ko'tarinki kayfiyatda etib keldi. Sentyabrdan beri 6ta tur o'tkazilgan bo'lsa, eronliklar hisobida hozircha 5 g'alaba va bir durang bor. To'plar nisbati 11-2. Eron 16 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi Janubiy Koreya hisobida esa 14 ochko mavjud. 

Eron uchinchi bosqichni o'z maydonida Suriyaga qarshi boshlab, 1:0 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda Alirizo Jahonbaxsh forslarga g'alaba keltirdi. Keyingi bellashuvda jamoa safarda Iroqni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Jahonbaxsh shu uchrashuvda ham gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Mehdi Taremi bilan Ali Golizadeh ham o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi. 

7 oktyabr kuni Eron safarda BAAni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. Yagona golni Mehdi Taremi raqib darvozasiga kiritdi. So'ngra Tehrondagi  "Ozodi" stadionida Janubiy Koreya bilan 1:1 qayd etildi. Bunda yana Alirizo Jahonbaxsh gol urdi. Noyabr oyidagi ikkita turni safarda o'tkazgan Dragan Skochich shogirdlari avvaliga Livanni 2:1, so'ngra Suriyani 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Mana shu ikkita uchrashuvda Sardor Azmun 3ta gol urdi.


Keyingi o'yinlar

Osiyoda JCH saralash uchinchi bosqich tugashiga 4ta tur qoldi. Eron terma jamoasi keyingi ikkita turni o'z maydonida Iroq va BAAga qarshi o'tkazadi. So'ngra safarda Janubiy Koreya mehmoni bo'lib, oxirgi turni yana o'z maydonida Livanga qarshi o'tkazadi.

Ko'rib turganingizdek, Eronning 4ta o'yinidan uchtasi o'z maydonida kechadi va bu jamoa to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga borish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. 

6 oy oldin Eron terma jamoasining hatto uchinchi bosqichga chiqishi amrimahol edi, bugun bo'lsa ular jahon chempionatiga borish maqsadi bilan yashayapti. Buning uchun kerak bo'lsa, jamoa oxirigacha kurashyapti. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика