4 ta durang, 3 ta mag'lubiyat: "Andijon" Turkiya yig'inini g'alabasiz yakunladi
14 fev 13:20
Yangiliklar
4 ta durang, 3 ta mag'lubiyat: "Andijon" Turkiya yig'inini g'alabasiz yakunladi
24 yanvar – 14 fevral kunlari mobaynida "Burgutlar" shu erda shug'ullanishdi va bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazdilar.
"Andijon"ning 21 kunlik yig'ini nihoyasiga etdi va bugun jamoa azolari Antaliyadan yurtimizga qaytadi. Qishki tayyorgarlikning oxirgi uchinchi bosqichi Toshkentda o'tkaziladi. Futbolchilar Turkiyadan qaytishgach, biroz dam oladilar va 18 fevral kuni Toshkentda to'planadilar.
"Andijon"ning Turkiyadagi nazorat o'yinlari natijalari:
27 yanvar. "Andijon" – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi – 0:0
1 fevral. "Andijon" – CSKA (Rossiya) – 0:2
4 fevral. "Andijon" – "Selimbar" (Ruminiya) – 0:0
4 fevral. "Andijon" – "Saburtalo" (Gruziya) – 1:2
Gol: Farhod Bekmuratov
9 fevral. "Andijon" – "Belusha" (Slovakiya) – 1:1
Gol: Levan Arveladze
12 fevral. "Andijon" – "Korvinul Xundeora" (Ruminiya) – 0:5
12 fevral. "Andijon" – "Kanvon" (Janubiy Koreya) – 1:1
Gol: Islom Mamatkazin
Fikrlar