4 ta durang, 3 ta mag'lubiyat: "Andijon" Turkiya yig'inini g'alabasiz yakunladi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2024, 13:20
"Mavsum-2024"ga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida "Andijon" Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in tashkil qildi.

24 yanvar – 14 fevral kunlari mobaynida "Burgutlar" shu yerda shug'ullanishdi va bir qator nazorat uchrashuvlarini o'tkazdilar.

"Andijon"ning 21 kunlik yig'ini nihoyasiga etdi va bugun jamoa a'zolari Antaliyadan yurtimizga qaytadi. Qishki tayyorgarlikning oxirgi uchinchi bosqichi Toshkentda o'tkaziladi. Futbolchilar Turkiyadan qaytishgach, biroz dam oladilar va 18 fevral kuni Toshkentda to'planadilar.

"Andijon"ning Turkiyadagi nazorat o'yinlari natijalari: 
27 yanvar. "Andijon" – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi – 0:0

1 fevral. "Andijon" – SSKA (Rossiya) – 0:2

4 fevral. "Andijon" – "Selimbar" (Ruminiya) – 0:0

4 fevral. "Andijon" – "Saburtalo" (Gruziya) – 1:2
Gol: Farhod Bekmuratov

9 fevral. "Andijon" – "Belusha" (Slovakiya) – 1:1
Gol: Levan Arveladze

12 fevral. "Andijon" – "Korvinul Xundeora" (Ruminiya) – 0:5

12 fevral. "Andijon" – "Kanvon" (Janubiy Koreya) – 1:1
Gol: Islom Mamatkazin

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати