So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  5 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

29 yilda ilk bor. Bugun "Paxtakor" "Spartak" bilan o'ynaydi. Championat.asia bahsni Moskvadan yoritadi Yangiliklar

29 yilda ilk bor. Bugun "Paxtakor" "Spartak" bilan o'ynaydi. Championat.asia bahsni Moskvadan yoritadi

O'zbekistonda eng ko'p chempion bo'lgan "Paxtakor" Moskvada Rossiyada chempionlikka erishish bo'yicha rekordchi "Spartak" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Biroz avval "sherlar" Rossiya poytaxtiga etib kelishdi. Aeroportda "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladzedan dastxat olganlar ham bo'ldi. 



"Paxtakor" Moskvaga 18 nafar futbolchi bilan tashrif buyurdi. Eldor Suyunov, Egor Krimec, Umar Eshmurodov, Abror Ismoilov va Igor Sergeev O'zbekiston milliy terma jamoasi safida BAAda o'tayotgan yig'inga yo'l olishgan. Ular "Spartak" bilan bahsda ishtirok etishmaydi. SHuningdek, jarohatdan tiklanayotgan Akrom Komilov, Javohir Sidiqov va Sadriddin Abdullaev ham Moskvaga tashrif buyurishmadi.

Darvozabonlar

Sanjar Quvvatov
Umid Hamroev

Himoyachilar
Anzur Ismoilov
Farruh Sayfiev
Alisher Salimov
Vladimir Kozak
SHerzod Azamov
Hojiakbar Alijonov

Yarim himoyachilar
Asad Sobirjonov
Diyor Xolmatov
Sardor Sobirxo'jaev
Humoyunmirzo Iminov
Odil Hamrobekov
Dostonbek Hamdamov
Jaloliddin Masharipov
Dragan CHeran

Hujumchilar

Eren Derdiyok
SHohruh Mahmudhojiev


So'nggi bor "Paxtakor" “Spartak” bilan 1991 yil 19 oktyabr kuni SSSR chempionati doirasida to'qnash kelib, Andrey Pyatnickiyning yagona goli evaziga g'alaba qozongan edi. 29 yillik tanaffusdan keyin jamoalar bugun Moskvada maydonga tushishadi.

Rasmiy o'yinlar toifasida “Paxtakor” moskvaliklar bilan 47 bor uchrashuv o'tkazgan. Ularning 8tasida “SHerlar” g'alabaga erishgan bo'lsa, 18 bor tomonlar durang natija qayd etishgan. 21 marta “Spartak” zafar quchgan. “Paxtakor” raqib darvozasiga 43 to'p kiritgan bo'lsa, Moskva jamoasi 78 bor gol urishni uddalagan. “Spartak” o'z tarixida 12 bor SSSR chempionati, 10 marta SSSR Kubogi, 10 marta Rossiya chempionati va 3 bor Rossiya Kubogini qo'lga kiritgan. Ayni paytda jamoani germaniyalik mutaxassis Domeniko Tedesko boshqarmoqda. "Spartak" safida bugungi kunda 2014 yilgi Jahon chempioni Andre SHyurrle, shuningdek Lorenso Melgarexo, Roman Zobnin, Georgiy Jikiya, Jordan Larsson, Aleksandr Sobolev kabi mashhur futbolchilar to'p tepishmoqda.

"Okritie Arena"da bo'lib o'tadigan o'yinni Rossiyaning "Match TV" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. O'yin Moskva vaqti bilan soat 14:00da, Toshkent vaqti bilan esa 16:00da boshlanadi.

22.02.2020 yil soat 14.00 (02:00)da “Spartak“ — “Paxtakor“ uchrashuvi oldidan 1991 yilni yod olamiz!        


O'yinni yoritish maqsadida Narzulla Saydullaev va Jahongir Fayzullaev 22 fevral kuni tushda Moskvaga etib keldi. Nasib qilsa "Spartak" - "Paxtakor" uchrashuvini championat.asia sayti to'laqonli yoritib boradi.  



 


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика