25 000 nafar kishi to'planadigan "Fan Zone"da Ronalduning benifisi
16 iyu 2018 19:35
Yangiliklar
25 000 nafar kishi to'planadigan "Fan Zone"da Ronalduning benifisi
Rossiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvida stadionga chipta ololmagan va imkoniyati etmagan mezbon muxlislari aynan shu erga to'plandilar. 5ta katta monitor qarshisida, ulardan tashqari 100dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan mehmonlar bor edi. Aytishlaricha, JCH uchun Rossiyaga 2 millionga yaqin muxlislar kelgan. Ularning barchasi stadionga tushishlari shart emas, muhimi JCHni his qilish. Buning uchun bir qator muxlislar markazlari ishlab turibdi. Marketing avjiga chiqqan. "Fan Zone"ga egulik va ichimlik olib eirish mumkin emas. Ichkarida 10 AQSH dollariga bitta bokal pivo va bir dona kartoshkadan bo'lgan chips :) yoki pivo o'rniga "Koka Kola" ichimligi bor. Muhimi bu emas, turli millat vakillari bilan har-xil o'yinlar.
Bazi davlatlardan muxlislar oilaviy kelganlar. Moskvada kecha asosan Peru, Argentina, Meksika, Islandiya terma jamoalarinining muxlislarini uchratdik. Nima uchundir nemislar juda kam. Balki bugun etib kelishar. O'zimizning o'zbeklar ham talaygina. "Fan Zone"ga kirish mutlaqo bepul. SHuning uchun ochilish marosimi uchun to'plangan muxlislar soni ko'payib ketganligi uchun zona tashqarisida yana minglab kishilar qolib ketdi.
Portugaliya - Ispaniya uchrashuvini ko'rish maqsadida do'stlar bilan "Fan Zone"ga tashrif buyurdik. O'yin haqida to'xtalmasam ham yaxshi bilasizlar. Kommentlarni ham. Ramazondan chiqdik. endi so'kinaversa "bo'ladi". Qizig'i shundaki, bu erda bo'lgan haqiqiy portugal va ispanlar kulishib o'yinlarni ko'rishdi. Ular hatto o'zbek "kommentchisi"ni bilmaydi ham, ularni deb o'zligidan kechayotganini, ha mayli. Hammaga insofni o'zi bermasa, gap so'zlar foydasiz.
Aksariyat ruslar Portugaliyaga ishqibozlik qildilar. Buni Ronalduni har bir urgan golidan keyingi hayqirishlardan ham bilib tursa bo'lardi.
Garchand, FIFA saytida uchrashuvlarga chipta topa olmasangizda, ko'chadan harid qilish imkoniyati mavjud. CHipta qo'lingizga tekkach, "muxlis pasporti"ni olasiz. Bugungi kunda chiptalar narxi 300-600 AQSH dollari oralig'ida. Kechani o'zidayoq O'zbekistondan tashrif buyurgan muxlislarimiz bugun Argentina - Islandiya o'yiniga kirib ketishdi.
Kechagi o'yinni muxlislar hududida tomosha qilish uchun 10 ming nafarga yaqin muxlis keldi. Ularning aksari betaraf edilar, gollarni ko'p bo'lganligidan hamma xursand edi. Bugunga shular. Ertaga Germaniya - Meksika uchrashuviga tushaman. CHiptamni berishdi. Birozdan so'ng, Meksika terma jamoasining 15 daqiqalik ochiq mashg'uloti. Bugun, ukamdek bo'lib qolgan qadrdonim, Narzulla qiz farzandlik bo'ldi! Soliha qiz bo'lsin!
Fikrlar