JCH-2018. Moskvada joylashgan FIFA FAN FEST, "Lujniki Arena" va MATCH TV studiyasi. Mundial SA nigohida FOTO

7 iyul 2018, 18:43
Bir necha kun avval Samaradan Moskva shahriga 1060 kilometr yo'l bosib yetib kelganimiz haqida xabar bergan edik.

Kecha Rossiyaning Qozon hamda Nijniy Novgord shaharlarida jahon chempionati chorak final bosqichidan o'rin olgan ikki uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Fransiya terma jamoasi Urugvayga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, Braziliya terma jamoasi Belgiyaga qarshi o'yin o'tkazdi. Biz ushbu uchrashuvni Moskvada joylashgan FIFA FAN FEST hududidan tomosha qildik. Moskvada joylashgan ushbu "Fan Zona"ni shunchaki so'z bilan tariflash qiyin. Sababi, ushbu "Fan Zona" juda ham katta maydonga qurilgan va o'z bag'riga bemalol 100 minglab futbol muxlislarini sig'dira oladi.

Kecha Fransiya - Urugvay hamda Braziliya - Belgiya terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuvni FIFA FAN FEST hududidan tomosha qilish 20 mingga yaqin turli xil millatdan tashrif buyurgan futbol muxlislari tomosha qilishdi. U yerdagi futbol muxxlislari bilan suhbatlashganimda, ular bu ikki uchrashuvga tashrif buyurgan eng kam sonli muxlislar ko'rsatkichi ekanligini aytishdi. Rossiya terma jamoasining o'yini bo'ladigan kun ushbu "Fan Zona" muxlislar billan to'lib toshishini aytishdi. Buni so'z bilan tariflash juda ham qiyin.

FIFA FAN FEST hududiga kirib borishingiz bilan maxsus tekshiruvdan o'tasiz va sizda hech qanday muammo bo'lmasa  bemalol ichkariga kirishingiz mumkin. "Fan Zona"ga kirishingiz bilan  ikki tomonda o'rnatilgan katta ekranga ko'zingiz tushadi. U yerda muxlislar  futbol uchrashuvlarini bemalol tomosha qilish uchun bitta katta va 8ta kichik, jami 9ta monitor o'rnatilgan. 

Futbol muxlislari FIFA FAN FEST da kuniga ikkita uchrashuv tomosha qilishi mumkin. "Fan Zona"da futbol ko'rish uchun barcha qulayliklar mavjud. Ovqatlanish uchun maxsus oshxona, telefoningizni quvvatlantirish uchun maxsus joy, ko'ngilochar hudud va FIFAning maxsus do'koni mehmonlar uchun tinmay xizmat qilmoqda.


FIFA FAN FEST hududidan tashqariga chiqganizda Matv TVning ko'chma televizion stanciyasini va uning ortida zamonaviy "Lujniki" stadionini ko'rishingiz mumkin.


MATCH TVning jahon chempionati uchun barpo etgan studiyasi 


"Lujniki Arena" 


FIFA OFFICIAL SHOP

Moskvadagi FIFA FAN FEST hududida FIFAning rasmiy do'koni muxlislar uchun xizmat ko'rsatmoqda. Do'kondagi barcha maxsulotlarning narxlari quyidagi suratlarda ko'rsatilgan.


Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.


FOTO: SOTVOLDIEV Jahongir Moskva shahridan maxsus

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia