2026 yil O'zbekistonda FIFAning yana bir musobaqasi bo'lib o'tadi
23 noy 08:58
Yangiliklar
2026 yil O'zbekistonda FIFAning yana bir musobaqasi bo'lib o'tadi
"2026 yil mart va aprel oylaridagi xalqaro o'yinlar oynasi davomida "FIFA Series" musobaqasining to'liq ko'lamdagi ilk bosqichi, shu jumladan ayollar uchun maxsus yo'nalishi ham o'tkazilishini mamnuniyat bilan tasdiqlaymiz.
2024 yil mart oyida bo'lib o'tgan pilot bosqich muvaffaqiyatidan so'ng, bu tashabbus turli qitalardagi terma jamoalarga ananaviy konfederaciya chegaralaridan tashqarida o'zaro raqobat qilish va bog'lanish uchun noyob maydon yaratadi.
"FIFA Series" loyihasining maqsadi — futbolchilarning, murabbiylarning va muxlislarning rivojlanish salohiyatini ochish, shuningdek mazmunli o'yinlar orqali futbolning universalligini va xilma-xilligini targ'ib qilishdir. 2026 yilgi musobaqa ham erkaklar, ham ayollar futboli uchun bu tasirni yanada kuchaytiradi. Raqobat orqali mamlakatlarni bog'lab, biz futbolni har bir bosqichda mustahkamlashni, mahalliy jamoalarni global sahnaga olib chiqishni maqsad qilganmiz.
Erkaklar o'rtasidagi "FIFA Series" musobaqasi Avstraliya, Ozarbayjon, Indoneziya, Qozog'iston, Mavrikiy, Puerto-Riko, Ruanda va O'zbekiston mezbonligida o'tkaziladi. Ayollar uchun mo'ljallangan "FIFA Series" esa Braziliya, Kot-d'Ivuar va Tailandda ilk bor start oladi — boshqa bir qator FIFA azolari ham mezbonlik qilish istagini bildirishgan".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига-2025. "Нефтчи" олти карра Ўзбекистон чемпиони
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar