So’nggi yangiliklar

11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  1 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  3 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  1 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  8 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  5 08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  5 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  24 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  4 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  6 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1

2022 yilning eng samarador futbolchilari (mutolaa uchun) Yangiliklar

2023 yil kirib keldi. 2022 yil yakunlarini chiqarishda davom etamiz. O'tgan yilning eng samarador o'yinchilarini ajratib ko'rsatamiz. Undan chempionat, milliy kuboklar, evrokuboklar va terma jamoa safida rasmiy o'yinlarda gol urgan yoki uzatma qayd etgan futbolchilar o'rin oldi.


Kilian Mbappe, PSJ va Franciya terma jamoasi

Statistika: 54ta o'yin, 72ta to'purarlik ochkolari (53 gol+19ta uzatma).


24 yoshli forvard fantastik yilni o'tkazdi. U assistlaridan tashqari Franciyada beshinchi bor chempion bo'ldi, shuningdek JCH-2022da eng yaxshi to'purar (sakkiz gol) nomiga sazovor bo'ldi va Franciya terma jamoasi bilan jahon chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritdi. Forvard 2022/23 yilgi mavsum PSJ safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda 19ta gol va beshta assist qayd etdi.




Robert Levandovski, "Bavariya", "Barselona" va Polsha terma jamoasi

Statistika: 50ta o'yin, 56ta to'purarlik ochkolari (42ta gol+14ta uzatma).


Polyak ushbu mavsum 10-bor Germaniya chempioni bo'ldi. "Barselona"ga kelgan Levandovski 19ta o'yinda 18ta gol urdi. Forvard JCH-2022da ikkita gol va bitta assist qayd etdi. Robert Levandovski – 2022 yilgi "Oltin butsa" sohibi.



Kristofer Nkunku, "RB Leypcig" va Franciya terma jamoasi

Statistika: 56ta o'yin, 56ta to'purarlik ochkolari (37ta gol+19ta uzatma).


Kristofer Nkunku JCH-2022 oldidan jarohat olgan holda turnirni o'tkazib yubordi. Uning jahon chempionatida nechta urishi qiziq bo'lardi, ammo uning hisobida ushbu yilda Franciya terma jamoasi bilan Millatlar ligasidagi oltita o'yinda faqatgina ikkita assist bor. Hujumkor yarim himoyachi Germaniya Kubogi finalida to'p kiritdi va "RB Leypcig" penaltilar seriyasida "Frayburg"ni taslim etgan holda g'alaba qozondi. Kristofer Nkunku ushbu mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda 17ta gol va to'rtta assist qayd etdi.



Mexdi Taremi, "Portu" va Eron terma jamoasi

Statistika: 50ta o'yin, 56ta to'purarlik ochkolari (35ta gol+21ta uzatma).


Mexdi Taremi ushbu yilda Portugaliya chempioni bo'ldi. Forvard o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdi, joriy mavsum CHempionlar ligasida esa besh o'yinda "gol+pas" tizimi bo'yicha 5+2ni jamg'ardi. Eronlik Qatardagi jahon chempionatida Angliyaga dubl qayd etdi va Uels bilan bahsda assist ijro etdi. Taremi joriy mavsum 22ta o'yinda 15ta gol va sakkizta uzatma berdi.



Lionel Messi, PSJ va Argentina terma jamoasi

Statistika: 47ta o'yin, 54ta to'purarlik ochkolari (25ta gol+29ta uzatma).


Argentina terma jamoasi sardori jahon chempioni bo'ldi, Finalissima, Franciya chempionati va Superkubogini yutdi. Lionel Messi JCH-2022da 7+3ni qayd etdi, joriy mavsum PSJ safida ko'proq gollar urishni boshladi. U 19ta o'yinda 12ta gol va 14ta assist qayd etdi.



Xarri Keyn, "Tottenxem" va Angliya terma jamoasi

Statistika: 59ta o'yin, 48ta to'purarlik ochkolari (33ta gol+15ta uzatma).


Angliya terma jamoasi sardori JCH-2022da ikkita gol va uchta assist qayd etdi. Xarri Keyn turnirdagi gollari evaziga milliy jamoa (53)da gol urish bo'yicha Ueyn Runiga tenglashib oldi. Hujumchi joriy mavsum "Tottenxem" safida APLda 16ta o'yinda 13ta to'p kiritdi.



Neymar, PSJ va Braziliya terma jamoasi

Statistika: 38ta o'yin, 48ta to'purarlik ochkolari (28ta gol+20ta uzatma).


Braziliyalik JCH-2022da ikkita gol va bitta assist qayd etdi. Neymar 2022 yilda Franciya chempionati va Superkubogini yutdi va 2022/23 yilgi mavsumni ajoyib boshladi. U barcha musobaqalarda 20ta o'yinda 15+12ni qayd etdi. Forvard jahon chempionatida to'pig'idagi jarohati sabab SHveycariya va Kamerunga qarshi o'yinlarni o'tkazib yubordi.



Kodi Gakpo, PSV va Niderlandiya terma jamoasi

Statistika: 51ta o'yin, 48ta to'purarlik ochkolari (26ta gol+22ta uzatma).


23 yoshli vinger – JCH-2022 kashfiyoti. Kodi Gakpo Senegal, Ekvador va Qatarga gol urdi, ammo chorak finalda Niderlandiya terma jamoasi bilan to'xtadi. Niderlandiyalik ushbu mavsum mahalliy chempionatni "yondirmoqda": 14ta o'yinda to'qqizta gol va 12ta uzatma. Kodi 2022 yilda Niderlandiyada yil futbolchisi deb topildi, futbolchi yaqinda "Liverpul" bilan shartnoma imzoladi.



Erling Xoland, "Borussiya" (Dortmund), "Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi

Statistika: 39ta o'yin, 47ta to'purarlik ochkolari (40ta gol+ettita uzatma).


Norvegiyalik "Manchester Siti"da shafqatsiz statistika ko'rsatmoqda: u APLdagi 13ta o'yinda 18ta gol va uchta uzatma va CHempionlar ligasidagi to'rtta o'yinda beshta to'p kiritdi. Erling 2022 yilda to'rtta xet-trik qayd etdi, ulardan uchtasi Angliya chempionatida. Forvard Norvegiya terma jamoasi safida Millatlar ligasidagi oltita o'yinda oltita gol va bitta assist ijro etdi.



Kevin de Bryuyne, "Manchester Siti" va Belgiya terma jamoasi

Statistika: 52ta o'yin, 46ta to'purarlik ochkolari (18ta gol+28ta uzatma).


Yarim himoyachi JCH-2022da sezilmadi. De Bryuyne 2022/23 yilgi mavsumni ajoyib boshladi: 20ta o'yinda uchta gol va 15ta assist. Belgiyalik ushbu yilda Angliya chempioni bo'ldi va France Football talqiniga ko'ra "Oltin to'p" ro'yxatida uchinchi o'rinni egalladi. Kevin terma jamoasi safida Millatlar ligasidagi beshta o'yinda ikkita gol va bitta assist qayd etdi.



Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика