So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

2022 yilda shartnomasi yakunlanadigan futbolchilarni yodga olamiz Yangiliklar

2022 yilda shartnomasi yakunlanadigan futbolchilarni yodga olamiz

2022 yilning o'ziga xosligi shundaki, ko'plab top-futbolchilarning shartnomalari yozda tugaydi, yanvardan ularning barchasi boshqa klublar bilan muzokara olib borishi mumkin, olti oydan keyin esa erkin agent sifatida jamoasini tark etishi mumkin.

Kilian Mbappe

Superyulduz, albatta, qiyin tanlovga duch keladi. "Real Madrid" uzoq vaqtdan beri Mbappega davogarlik qilmoqda; yaqinda ESPN nashri madridliklar yozda nafaqat Kilianni, balki Erling Xolandni ham qo'lga kiritmoqchi ekanini malum qildi. Biroq PSJ ham jim turgani yo'q: L'Équipe nashrining xabariga ko'ra, parijliklar Mbappe bilan shartnomani uzaytira olishlariga hali-hamon ishonishmoqda, Kilian esa "Real" bilan hali og'zaki kelishuvga ham erishmagan.


Pol Pogba

Pol noyabr oyida tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lgan bir paytda, OAV uning kelajagini muhokama qilmoqda. ESPN nashri MYU Pogbani saqlab qolmoqchi ekanligiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi hamda franciyalik futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirishni istamasagina, "qizil iblislar" boshqa takliflarni ko'rib chiqadi.


Paulo Dibala

"Yuve" va Dibala o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar to'xtatildi va yanvar oyida davom etadi. Yangi bitim bo'yiyaa Paulo yiliga 8,5+1,5 million evro mo'llajiringga ega bo'ladi, ammo tomonlar o'rtasida hali rasmiy kelishuv mavjud emas.


Frank Kessie

Yozda Kessie "Real" yoki PSJga yo'l olishi mumkin, chunki yarim himoyachining "Milan" bilan muzokaralarin boshi berk ko'chada qolgan. Ular maosh borasida kelisha olishmayapti: Frank yiliga 9 million evro olmoqchi, klub esa 6,5 million va turli bonuslar taklif qilmoqda.


Alessio Romanoli

Himoyachining agenti Mino Rayola omma oldida futbolchining "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirganiga qaramay, Romanoli "Milan" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.


Antonio Ryudiger

"CHelsi"da Ryudiger dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylandi va uni yozda gigant klublar uni o'z safiga ko'rmoqchi ekanliklarini, mantiqan olib qaraganda, ajablanarli emas. Ushbu poygada "Real Madrid" (asosiy davogar), PSJ va "Bavariya" oldinda bormoqda. Himoyachining Londonda qolishi dargumon: insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, "aristokratlar" nemis futbolchisi bilan maosh borasida kelisha olmayaptilar va hozirdanoq uning o'rniga o'rinbosar qidirishni boshlab yuborgan.


Lorenco Insine

"Napoli" afsonasi MLSga yo'l olishi mumkin.  Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Insine "Toronto" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan, uning klubdagi maoshi yiliga 15 million evroni tashkil qiladi. SHuningdek, uning uyi, mashinasi va parvozlari uchun to'lovlarni klub o'z zimmasiga oladi.


Usmon Dembele

Dembele 2022 yilning yozi uchun eng yaxshi tekin "o'lja"lardan biri bo'lishi mumkin. Usmon "Barsa" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin, ammo buning uchun kataloniyaliklar uning moliyaviy talablarini qondirishi kerak. Catalunya Ràdio'ning malumotlariga qaraganda, futbolchining ishtahasi karnay: maosh - 30 million evro, yangi bitimni imzolaganlik uchun bonus - 30 million, agenti uchun komissiya so'mmasi - 15 million. "Barsa" bilan futbolchi o'rtasida muzokaralar yanvar oyida davom ettiriladi, agarda kelishuvga erishilmasa, franciyalik futbolchi katta ehtimol bilan qishda sotiladi. Davogarlar orasida Usmon uchun pul sarflashga tayyor klublar etarlicha topiladi.


Andrea Belotti

Forvard "Torino"da qolish niyatida emas va hozirdanoq o'ziga yangi joy qidirmoqda. Unda A Seriyaning top-klubida to'p surish imkoniyati bor - Calcio Mercato hujumchiga "Milan" va "Napoli" qiziqish bildirayotgani haqida yozmoqda. SHuningdek, "Inter" ham hujumchiga ko'z olaytirgan. Biroq eng ko'zga ko'ringan varianti jurnalist Janluka Di Marcio aytdi: Belottini "Toronto" o'z safiga qo'shib olmoqchi (Insine ular uchun etarli emas). Andrea joriy mavsumda 9 o'yinda atigi 2 ta gol urdi.


Serdar Azmun

Azmun "Zenit"dan "Lion"ga o'tishi oydinlashib bormoqda. Francuzlar yozgi transferlar oynasini kutishni istamayapti va hujumchi uchun 4 million evro taklif qilmoqda. RMC nashrining aniqlik kiritishicha, peterburgliklar ushbu taklifga hali javob bermagan, chunki ular avvalo eronlik futbolchiga o'rinbosar topmoqchi.


Aleksandr Lyakazett

Franciyalik futbolchiga "Yuve" va "Inter" qiziqish bildirmoqda, "Arsenal"ning hujumchi bilan muzokaralari muvaffaqiyatli kechmayapti. Garchi Obameyang bilan bog'liq voqeadan so'ng jamoa sardoriga aylangan bo'lsa-da, bu uning jamoadagi o'rni porloq ekanligidan dalolat bermaydi.


Federiko Bernardeski

Insayder Nikolo Skiraning aytishicha, agar Bernardeski maoshini 30 foizga kamaytirishga rozi bo'lsa, "Yuventus" bitimni uzaytirishi mumkin. Bernardeski esa yiliga 4,2 million evro maosh talab qilmoqda. Futbolchi joriy mavsumda Italiya A Seriyasida 15 o'yinda 1+3 ko'rsatkich qayd etgan. "Barselona" yarim himoyachini diqqat bilan kuzatmoqda.


Niklas Zyule

Himoyachi "Bavariya"ni tark etish arafasida turibdi. Kicker xabariga ko'ra, Myunxen klubida uning ish haqi bo'yicha talablari bajarilmaydi. Hozirda Niklas yiliga 8 million evro maosh oladi hamda u nemis klubidan 10 milliondan ko'proq mablag' talab qilmoqda. Zyulega turli klublar, jumladan, "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.


Aksel Vitcel

Katta ehtimol bilan Vitcel "Borussiya"ni tark etadi, yarim himoyachining agenti allaqachon uni "Yuventus"ga taklif qilgan. Boshqa davogarlar qatorida "Nyukasl" ham xaridorlar ro'yxatida bor. Tutto Juve malumotlariga ko'ra, shayxlar Akselga yiliga 10 million evro maosh taklif qilishmoqda (Dortmunliklar 7 "limon" to'lashadi).


Sesar Aspilikueta

Aspilikueta ham o'ziga yangi klub qidirmoqda. Jurnalist Jerar Romero Sesarning "Barselona"ga ko'chib o'tishga yaqin ekanini aytdi - transfer yozda amalga oshadi.


Andreas Kristensen

"CHelsi"da ushbu yozda shartnomasi tugaydigan ko'plab himoyachilar bor. Londonliklar va Kristensen o'rtasidagi muzokaralar ham muvaffaqiyatsiz yakunlandi va "Barselona" daniyalik futbolchini ham tarkibga jalb qilmoqchi.


Denis Zakariya

"Gladbax" allaqachon Zakariya klub bilan shartnomani uzaytirmasligini tasdiqladi. Fabricio Romano Denisga "Bavariya", "Liverpul", "Barselona" va "Yuventus"dan qiziqishlari haqida yozmoqda.


Mattias Ginter

Ushbu markaziy himoyachi ham Myonxengladbaxning "Borussiya"sini tark etadi, bu xabar ham rasman elon qilindi. Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Ginter "Inter"ni tarkibiga qo'shib olmoqchi - "neradzurri" allaqachon futbolchiga uch million evro maosh bilan 4 yillik shartnoma taklif qilishgan.


Genrix Mxitaryan

Mxitaryan Joze Mourino qo'l ostida u qadar yorqin o'ynamayapti (18 o'yinda 2+4 ko'rsatkichga ega) hamda yozda Rimni tark etishga hozirlik ko'rmoqda. Genrixga Rossiya klublanidan jiddiy qiziqishlar bor, rus jurnalistlari "Spartak", "Zenit" va "Krasnodar" klublarining qiziqishi haqida yozishgan. Match TV tafsilotlariga ko'ra, yarim himoyachi allaqachon "Zenit" va "Krasnodar" variantidan voz kechgan, garchi Sergey Galickiy Genrixga shaxsan qo'ng'iroq qilgan bo'lsa ham. Qozog'istonda Mxitaryanni "Qayrat" qo'lga kiritmoqchiligi to'g'risida yozishmoqda. Calciomercatonews'ning dekabr oyidagi malumotlariga ko'ra, Mxitaryanga Italiyaning "Inter" va "Milan" jamoalari ham qiziqish bildirgan.


Luis Suares

Suaresda ketma-ket 10 ta o'yindan beri gol va golli uzatma yo'q, "Atletiko" esa shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Demak, futbolchining tark etish ehtimoli yuqori - Nikolo Skira MLSdagi ikkita variant haqida yozgan, unga "Korintians"ning qiziqayotgani haqida xabar berilgan.


Ivan Perishich

Perishichning kelajagi ham shubha ostida turibdi. "Inter" Ivanga yiliga 4 million evro taklif qilishga tayyor, ammo xorvat futbolchisi 5 million va qo'shimcha bonuslar olishni istamoqda. Sport1 jurnalisti Patrik Berger futbolchiga asosiy davogar "Tottenxem" ekanini takidlamoqda.


Isko

Isko allaqachon 29 yoshni qoraladi va u hech qachon "Real Madrid"da o'rnini topa olmadi. Ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma deyarli uzaytirilmaydi va u Madridni erkin agent sifatida tark etadi. As xabariga ko'ra, "Nyukasl" yozda yarim himoyachini sotib olishi mumkin.


Marselo

Marca xabariga ko'ra, Marselo "Real" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, faoliyatini yakunlashi mumkin. 33 yoshli futbolchi joriy mavsum "Real" safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, bor-yo'g'i 138 daqiqa harakat qildi. Zaxirada faqat hujumchi Mariano Diasda kamroq o'yin amaliyoti mavjud (3 o'yinda 107 daqiqa). Ammo madridliklar rahbariyatida hali-hamon braziliyalik himoyachini jamoada saqlab qolish kerak, deb hisoblaydiganlar bor.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика