2021 yilda Qoraqalpog'istonning "Aral" klubi Superligada ishtirok etadi
11 dek 2020 10:17
Yangiliklar


2021 yilda Qoraqalpog'istonning "Aral" klubi Superligada ishtirok etadi
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog'iston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish, “Aral” futbol jamoasini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi elon qilindi.
Unga ko'ra 2021 yildan boshlab “Aral” futbol jamoasining superligada istisno tariqasida ishtirok etishi belgilandi.
Demak katta ehtimol bilan keyingi yil Superligada 14ta emas 16ta klub ishtirok etadi. Hozircha bu borada O'FA va PFLda rasmiy munosabat chiqmadi.
Malumot uchun, "Aral" klubi bu yil Birinchi ligada ishtirok etdi va PFL keyingi yil bu jamoani istisno tariqasida PRO ligada o'ynatishga tayyor edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar