2021 yilda Qoraqalpog'istonning "Aral" klubi Superligada ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2020, 10:17
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog'iston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish, “Aral” futbol jamoasini qo'llab-quvvatlash, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra 2021 yildan boshlab “Aral” futbol jamoasining superligada istisno tariqasida ishtirok etishi belgilandi. 

Demak katta ehtimol bilan keyingi yil Superligada 14ta emas 16ta klub ishtirok etadi. Hozircha bu borada O'FA va PFLda rasmiy munosabat chiqmadi. 

Ma'lumot uchun, "Aral" klubi bu yil Birinchi ligada ishtirok etdi va PFL keyingi yil bu jamoani istisno tariqasida PRO ligada o'ynatishga tayyor edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia