2018 yil O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan Baxtiyor Ashurmatov bugun kimning imkoniyatini yuqori baholadi?
30 okt 2022 16:53
Yangiliklar
2018 yil O'zbekiston kubogida g'olib chiqqan Baxtiyor Ashurmatov bugun kimning imkoniyatini yuqori baholadi?
"Ikki jamoa ham g'alabaga munosib. Agar bitta jamoani tanlash imkoniyati bo'lsa, qarshilik muxlislarni hafa qilmagan holda "Navbahor"ning g'alabasini taxmin qilgan bo'lar edim. Bunga bir nechta faktorlar bor. Birinchisi namanganlik muxlislar. O'z vaqtida shu klubda ishlaganman va ularning qanday ishqibozlik qilishlaridan xabardorman. Ikkinchi faktor, klub rahbariyati juda katta hajmdagi ishni bajardi. Ular o'z mehnatlarini mevasini ko'rishlari kerak. Albatta, jiyanim Rustam Ashurmatov uchun qayg'uraman. Muxlislik qilaman. "Nasaf"da Norchaevning yo'qligi ham katta tasir qiladi. CHempionatda esa "ajdarlar" zafar quchadi. Kubokni "Navbahor" oladi, deb o'ylayman.
"Navbahor" futbolchilari hozir yoki hech qachon degan shior bilan maydonga chiqishadi. Jamoaning kubok finaliga chiqmaganiga ancha bo'ldi. Hammasi maydonda hal bo'ladi. Muxlislar chiroyli futbol ko'rishadi, deb o'ylayman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Fikrlar