2013 yil O'zbekiston sportchilariining erishgan yutuqlari
30 dek 2013 20:00
Yangiliklar

2013 yil O'zbekiston sportchilariining erishgan yutuqlari
Har bir sohada bo'lgani kabi yil yakunida sportda ham amalga oshirilgan ishlab sarhisob qilinib, erishilgan yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinadi.
Xulosalar esa galdagi vazifalarni to'g'ri va aniq belgilab olinishida asosiy omil vazifasini o'tab beradi. Quvonarlisi, 2013 yilgi sport mavsumi ham avvalgi yillarda bo'lgani kabi o'zbek sportiga yangi jahon va Osiyo chempionlarini tuhfa etdi.
Yurtimizda ommaviyligi bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi futbolda aytishga arzigulik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalari mos ravishda Birlashgan Arab Amirliklari hamda Turkiyada o'tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib yakunda, dunyoning eng kuchli sakkizta terma jamoasi qatoridan joy olishdi. Umuman olganda, o'smir va yoshlarimizning jahon chempionati final bosqichlarida ishtirok etishi odatiy holga aylanib boryapti. Bunda albatta, mamlakatimizda bolalar futboliga qaratilayotgan yuksak etibor mujassam. Futbol bo'yicha O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi uch karra jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi. Umumiy olganda, olimpiya sport turlari bo'yicha mamlakatimiz sportchilari 2013 yil hisobidan faqat xalqaro musobaqalarda 276ta oltin, 250ta kumush, 268ta bronza, jami 794ta medallar shodasini qo'lga kiritishdi. Qisqa fursatda bir yil davomida qo'lga kiritilgan g'alabalarning barchasini tilga olish mushkul. Biz eng esda qolarli onlarni yodga oldik, xolos.
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish orqali kelajagimiz egalarini har tomonlama komil inson qilib voyaga etkazish borasida olib borilayotgan say-harakatlar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni yanada taraqqiy ettirish borasida qaratilayotgan etibor va g'amxo'rliklar, yaratilayotgan sharoitlar o'z oldimizga yuksak marralarni qo'yishga undaydi.
Muxtasar aytganda, sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim vositasi bo'lib kelmoqda va kelajakda ham shunday bo'lib qolishi muqarrar. CHunki sport – sog'lom avlod, sog'lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog'lom xalq, sog'lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. 2014 yilgi sport mavsumi ham yirik sport musobaqalariga boy bo'ladi. Bugun yo'l qo'yilgan kamchiliklar va mavjud muammolarni tezda bartaraf etib, istiqbolli rejalarni hayotga tatbiq etishda barchamiz hamfikr, bir tanu, bir jon bo'lib xarakat qilishimiz talab qilinadi. Niyatimiz, O'zbek sportining zafarli odimlari sarhad bilmasin!

Fikrlar