So’nggi yangiliklar

21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  24 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  0 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  3 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  6 19:52Про лига. "Арал" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  4 19:30Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Металлург" "Бунёдкор"дан устун келди  0 19:06Бернардески "Торонто" билан шартномасини узайтириш борасида музокаралар олиб бормоқда  0 18:43Хави Симонс ПСЖга қайтмайди  6 18:01Мбаппесиз. ПСЖ келаси мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 17:37Футзал бўйича Олий лига. ОКМК "Динамо" дарвозасига 5 та тўп киритди, Элбек Тўлқиновдан хет-трик!  0 16:55АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:30"Челси" вакили 2018 йилнинг сентябридан буён илк бор АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси бўлди  2 16:05Гавининг тикланиш жараёни ноябрь ойигача чўзилиши мумкин  0 15:41Рис Жеймс машғулотларга қайтди  0 15:14"Боруссия" Дортмунд таркибни "Челси" ҳужумчиси билан кучайтирмоқчи  4

2007 yilgi Osiyo Kubogi, "Traktor", "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi haqida - Pavel Solomin bilan intervyu Yangiliklar

2007 yilgi Osiyo Kubogi, "Traktor", "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi haqida - Pavel Solomin bilan intervyu

Kecha saytimiz orqali 2007 yilgi Osiyo Kubogi haqida to'xtalgan edik.

Osiyo kubogi-2007. SHackixning hisobga olinmagan goli. Bin Hammamning xati va hakamlar qurboni bo'lgan O'zbekiston

O'shanda terma jamoa ustozi Rauf Inileev tarkibga Pavel Solominni ham jalb qilgan. Hujumchi chorak finalda Saudiya Arabistoni darvozasiga gol urgandi. Solomin 2006 yil 21ta gol bilan O'zbekiston chempionatining to'purari ham bo'lganligini muxlislar yaxshi eslashadi. O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki oldidan sobiq futbolchiga bir nechta savollar bilan yuzlandik. 

- Pavel Pavlovich bo'lajak Osiyo Kubogida O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Qaysi bosqichgacha etib bora olamiz?

- Birinchi navbatda terma jamoamizdan yorqin o'yin kutmoqdaman. Men bashorat qilishni yoqtirmayman. CHunki futbolda oldindan nimadir deyish qiyin. Hozirda Osiyoning ko'plab jamoalari kuchaymoqda. Men milliy terma jamoamizning hech bo'lmaganda yarim finalda ko'rishni istardim. Musobaqada oson o'yinlar bo'lmaydi. 

- O'zbekiston terma jamoasining qaysi chizig'i kuchli ko'rinmoqda? 

- Aslida olib qaraganda barcha chiziqlarda balans bor, deya olaman. Afsuski, SHomurodov safdan chiqdi. Umid qilamanki, u tezroq tuzalib ketadi va jamoaga yordam berishga ulguradi. 

- O'zbekiston chempionatidagi hujumchilar muammosi terma jamoaga ham tasir qilyaptimi? SHomurodovning o'rnida kimni asosiy tarkibda ko'ryapsiz?

- Muammo jiddiy. Afsuski, bizda individual kuchli hujumchilar yo'q. Buni Superliga to'purarlari statistikasi tasdiqlaydi. Faqat Oston O'runov bundan mustasno. Terma jamoaga kelsak, bizda yaxshi hujum chizig'i bor. Har bir futbolchi o'yinni o'z qo'liga olishi mumkin. Texnik jihatdan saralangan futbolchilar o'rin olgan. Mantiqan olib qaralganda SHomurodovni Sergeevga almashtirish to'g'riroq bo'ladi. Igor hozir yaxshi holatda va muntazam ravishda gol urmoqda. Bobir Abdixoliqov ham musobaqada porlashi mumkin. Unda gol urish instinkti yaxshi rivojlangan. 

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida terma jamoada ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgansiz. 2007 yilgi Osiyo Kubogi qanday taassurotlar bilan yodda qolgan?

- Umuman olganda ijobiy taassurotlar bilan yodda qolgan. Tashkilotchilik ham yaxshi darajada bo'lgan. Bu mening faoliyatimdagi ilk katta turnir edi. Yaxshi tajriba olganman. Albatta, alamli lahzalarni ham aytib o'tish kerak. Biz yarim finalga chiqishga haqli edik. Afsuski, voqealar biz istagandek bo'lmagan.

- Keling biroz tarixga qaytsak. O'sha paytlarda "Traktor" ko'p jamoalarga bosh og'riq bo'lardi. Hattoki, O'zbekiston Kubogi finaliga chiqqan, chempionatda esa to'rtinchi o'rinni olgan. "Traktor"ning ustunligi nimada edi?

- Bunda Vadim Abramovning xizmatlari katta edi. U yigitlarni birlashtirgan. Maydonga tushganimizda kim bilan o'ynashimizdan qatiy nazar, o'zimizga ishonardik. O'yinimiz yaxshi edi. Buning natijasida biz kubok finaliga chiqdik. Bizning kuchimiz hamjihatlikda edi. Murabbiylar tomonidan bosim bo'lmagan. Futbolni zavqlanib o'ynardik. Bu omillarning barchasi maydondagi natijalarda aks etgan. 

- 2005 yil "Paxtakor"ga o'tdingiz va oradan ko'p o'tmay "Traktor"ga qaytdingiz. "Paxtakor"ga o'tish faoliyatingizni o'zgartirdimi? 

- "Paxtakor"ga o'tish shubhasiz foydali bo'lgan. Men katta tajriba orttirdim. CHempion va kubok sohibiga aylandim. Aytish mumkinki, bundan ham yuqori saviyada o'ynashimga ishonch paydo bo'ldi. "Traktor"ga qaytganimda esa men allaqachon boshqa futbolchi edim. "Paxtakor"da olgan tajribam to'purar bo'lishimga yordam berdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика