So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  2 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  0 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  57 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

2000 yilgi "Pushka", qaychi usul zarbasi bilan Oliver Kan va Myunxenni bir zumga muzlatgan Jafar Irismetov 43 yoshda! Yangiliklar

2000 yilgi "Pushka", qaychi usul zarbasi bilan Oliver Kan va Myunxenni bir zumga muzlatgan Jafar Irismetov 43 yoshda!

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbolchilarimizni hayotlaridagi unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun o'zbek futboli tarixida yorqin iz qoldirgan, roppa-rosa 2000 yilgi O'zbekiston chempionati oliy ligasining 37 uchrashuvida 45 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan hujumchi, Rossiya, Qozog'iston va O'zbekiston chempioni, ayni paytda "Paxtakor" klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Jafar Irismetov 43 yoshga to'ldi.

Jafar Irismetov - 1976 yilning 23 avgust kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Sobiq Titov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan futbol maktab internatida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan. Faoliyati davomida "Do'stlik", "Panatinaikos" (Greciya), "CHernomorec", "Spartak", "Anji" (uchchalasi ham Rossiya), "Slaviya" (Belarus), "Krivbass" (Ukraina), "Qayrat", "Alma-Ata", "Aktobe" (uchchalasi Qozog'iston), "Lyaonin" (Xitoy), "Dinamo" (Samarqand), "Qizilqum", "Navbahor" jamoalari sharafini himoya qilgan.

1997-2007 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta golga mualliflik qilgan. Qisqa murabbiylik faoliyatida "NBU-Osiyo" (2014), "Obod" (2016-2017) klublariga ustozlik qilgan. Hozirda "Paxtakor" jamoasi sport direktori lavozimida ishlayapti.



SHubhasiz, Jafar Irismetovning futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin davri bu "Do'stlik" safidagi o'yinlariga to'g'ri keladi. 2000 yilgi milliy chempionatimizda u 45 ta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Bu rekord yaqin 10 yilliklarda yangilanmasa ham kerak. O'sha chempionatda "Do'stlik" futbolchilari tomonidan jami 108 ta gol kiritilgandi. SHundan deyarli yarmi bugungi qahramonimizga tegishli edi. "Do'stlik"ning yana bir hujumchisi Farid Xabibulin hisobida 17 ta gol bo'lgandi. "Andijon" jamoasi snayperi Baxtiyor Hamidullaev esa 31 ta gol bilan o'sha tarixiy chempionat to'purarlari ro'yxatida ikkinchi bo'lgan edi. Irismetov ikkita poker ("Temiryo'lchi" va "So'g'diyona"ga urilgan), ikkita xet-trik va beshta dubl qayd etgandi. Jafar 1996 va 1997 yillarda ham O'zbekiston oliy ligasi to'purari bo'lgandi.

Tabiiyki, bunday sermahsullik Evropa klublari etiborini o'ziga tortmay qolmagandi. Bu kurashda Moskvaning "Spartak" klubi g'olib chiqqan va Jafarni o'z safiga qo'shib oladi.



— O'zbekistonda ko'p gol urardim, - deydi intervyularidan birida J.Irismetov. - Ayniqsa, 2000 yilgi mavsum omadli chiqqan. "Do'stlik" safida 37 o'yinda 45 ta gol urgandim. O'shanda murabbiyimizga Oleg Romancevning yordamichsi Vyacheslav Grozniy telefon qilgandi. "Spartak"da o'zimni sinab ko'rish imkoniyati paydo bo'ldi. Rossiyadan takliflar ko'p edi, ammo o'zingiz tushunasiz: "Spartak", chempion, afsonaviy klub...

Lekin afsuski, "Spartak"dagi faoliyatim u darajada omadli chiqmadi. Bunga o'ziga yarasha sabablari bor edi. CHempionlar ligasida bir necha uchrashuvni asosiy tarkibda boshlash imkoniyati bo'lgan va bu borada bahslashmayman. Biroq nechta o'yinda imkon berishgan? Ko'p emas. Boshqa legionerlarga yillab sabr qilishardi.

Muxlislar Jafar Irismetovning Evropa chempionlar ligasi doirasidagi "Bavariya", "Arsenal" va "Lion" klublariga qarshi o'yinlarini hozirgacha o'zgacha kayfiyatda eslashadi. Ayniqsa, "Bavariya"ning afsonaviy posboni Oliver Kan darvozasiga yo'llagan qaychi uslubidagi zarbasini juda ko'p esga olishadi. Mayli, endi bu tarix. Balki, o'shanda Oleg Romancev hujumchimizga ko'proq o'yin amaliyotini berganida, qachon jahon chempionatiga chiqar ekanmiz, deb yurmagan bo'larmidik.


Sobir Xodiev, "Paxtakor" PFK texnik direktori, do'sti

- Avvalo, onajoning baxtingga sog'-salomat bo'lsinlar. Seni hamda farzandlaringning rohatini ko'rib yursinlar. Oilangga tinchlik-xotirjamlik, o'zingga sog'liq tilayman. "Paxtakor" jamoasi bilan birga chempionlikka juda yaqin turibmiz. O'ylaymanki, bu yilgi mavsum biz uchun alohida ahamiyatli bo'ladi. Jafar, do'stim, yana bir bor tug'ilgan kuning muborak bo'lsin.

Fursatdan foydalanib, biz ham Jafar Irismetovga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Saytimiz o'quvchilari hamda muxlislari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, deymiz!





Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика