20 yoshida “Ordabasi”ga yo'l olgan Odilbek Abdumajidov bilan suhbat
06 mar 2022 12:49
Yangiliklar
20 yoshida “Ordabasi”ga yo'l olgan Odilbek Abdumajidov bilan suhbat
Futbolchi kuni kecha yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini "Maxtaaral"ga qarshi o'tkazdi. O'yindan keyin futbolchi bilan suhbatlashdik.
- O'yin juda yaxshi o'tdi. Kuchli yomg'ir va shamol ostida kechdi. Legioner sifatida o'ynash boshqacha bo'larkan. Yaxshiroq taassurotlar qoldi. Bir so'z bilan aytganda, debyutimdan qoniqish hosil qildim. Keyingi o'yinlarda ham jamoaga yordam berish istagidaman.
- “Ordabasi”ga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?
- Bilasizmi, “Metallurg” bilan ikki yillik shartnomam bor. Bu erga ijara asosida keldim. Bekobodliklar bilan Turkiyadagi o'quv-yig'in olib borayotgan vaqtimizda “Ordabasi”dan qiziqish bo'ldi. O'zaro gaplashgan holda yangi jamoaga ijara asosida tashrif buyurdim.
- O'zbek klublaridan takliflar bo'lmadimi?
- Yuqorida aytganimdek, “Metallurg” bilan shartnomam borligi uchun ham boshqa jamoalardan takliflar bo'lgani yo'q. Keyin men ham bu haqida o'ylayotganim yo'q edi.

- “Ordabasi”ni tanlashingizga pul ham muhim rol o'ynadimi?
- Yo'q. Men “Ordabasi”dan taklif bo'lganidan so'ng oila azolarim va “Metallurg” rahbariyati bilan maslahatlashgan holda bir qarorga keldim. Pul rol o'ynagani yo'q. Qolaversa, yangi jamoamda katta maosh olmayman. Evropaning boshqa kuchli chempionatlariga yo'l olishimga “Ordabasi” tramplin vazifasini o'tab beradi degan umiddaman. Xudo xohlasa, kelgusida yanada kuchli jamoalarda o'ynash imkoniyatiga ega bo'laman.
- Jamoa o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ygan?
- Bu yil jamoaning asosiy maqsadi yoshlar bilan yaxshi ishlash va iqtidorlilarni kashf qilish ekan. Hozirgi kunda jamoa chempionatdagi eng yoshi hisoblanadi. SHu jihatlari ham mening “Ordabasi”ga o'tishimga bosh omil bo'ldi.
- SHu yil Temur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Aytingchi, terma jamoa vazifani bajara oladimi?
- Albatta. Bizda kuchli futbolchilar yig'ilgan. Ishonamanki, biz vazifani bajara olamiz. Muxlislarga g'alabalar taqdim qilish istagidamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!
Суперлига. "Нефтчи" пенальтидан урилган гол эвазига ОКМКдан устун келди
Ла Лига. Араухонинг сўнгги дақиқалардаги голи "Барселона"га "Жирона" устидан ғалаба тақдим этди. Флик четлатилди
Fikrlar