So’nggi yangiliklar

02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  2 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  0 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  0 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  6 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  3 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  3 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5 21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  2 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  22 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  3

2 yil oldin APL xavfli hududida bo'lgan jamoa bugun ECHL jadvalini boshqarmoqda, ular hali gol ham o'tkazishmagan Yangiliklar

2 yil oldin APL xavfli hududida bo'lgan jamoa bugun ECHL jadvalini boshqarmoqda, ular hali gol ham o'tkazishmagan

Kecha tunda Evropa CHempionlar ligasining 3-tur bellashuvlariga start berilganidan xabaringiz bor.

Angliyada "Aston Villa" jamoasi "Villa Park"da Italiyaning "Bolonya" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alabadan keyin Unai Emeri shogirdlari ECHLda 9 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olishdi. Oldingi ikki turda ular "Bavariya" (1:0) hamda "Yang Boyz" (3:0)ni taslim etishgan edi. Ko'rib turganingizdek, "Villa" hali gol ham o'tkazib yubormadi. Vaholanki, o'tgan turda Emeri shogirdlari Bundesliganing joriy mavsumdagi 7 o'yinida jami 24ta gol urgan "Bavariya"ga qarshi to'p tepishgan.

Tunda bo'lib o'tgan o'yinlar natijalari.


"Aston Villa"dan keyin 7 ochkodan to'plagan "Monako", "Sporting" va "Arsenal" izma-iz quvib kelmoqda. Bugungi o'yinlardan keyin jadvalda yana o'zgarishlar bo'ladi.

Qizig'i, "Aston Villa" 2 yil oldin APLda xavfli zonaga yaqin o'rinlarga tushib ketgan va 2022 yilning oktyabr oyi oxirida jamoa boshqaruviga Unai Emeri olib kelingan. Emeri kelishi bilan birinchi o'yinidayoq (06.11.2022) "Manchester Yunayted"ni 3:1 hisobida enggan va uyog'iga jamoa natijalari yaxshilanib boraverdi. Bugungi kunga kelib esa "Aston Villa" ECHLda gol o'tkazmasdan karvonboshlik qilmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика