2-liga, 4-tur. "O'rikzor" - "Xonabod" 3:0

Tolibjon Qosimov
16 may 2016, 16:35
9, 10, 11, 12 hamda 13 may kunlari O'zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasi birinchi bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"O'rikzor" o'z uchrashuvini 13 may kuni "Xonabod"ga qarshi o'tkazdi. Zangiotadagi maydonda o'tkazilgan uchrashuvda "O'rikzor" yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0.
"O'rikzor" birinchi turda dam olgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda "Paxtakor" klubi o'yinga kelmagani sababli Baxtiyor Ergashev shogirdlariga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba yozildi. O'tgan turda esa jamoa "Sergeli"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"O'rikzor" to'rtinchi turdan so'ng Ikkinchi liga "D" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.

2-liga, 2-tur
27.04.2016

"O'rikzor" - "Paxtakor" 3:0

2-liga, 3-tur
06.05.2016

"Sergeli" - "O'rikzor" 3:2

2-liga, 4-tur
13.05.2016

"O'rikzor" - "Xonabod" 3:0
Gollar
: M.Nurmatov 28 (pen.), SH.Qodirov 80, N.Nasriddinov 83

"O'rikzor": Hojiakbar Nasriddinov, Zoir Tashtanov, Nuriddin Nasriddinov, Bahrom G'ofurov, Husan Rasulov, Sherzod Qodirov, Bekzod Mirsaidov, Islom Ortiqov, Jamshid Islomxo'jaev, Abdulloh Yo'ldoshev, Muhammadazim Nurmatov.
Zaxira: Mirsodiq Maxamatov, Azamat Nodirov, Sardor Hamidullaev, Maqsad Otajonov, Omon Rahimov, Jahongir Muhammadjalilov.

FK "O'rikzor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia