1990 yilgi jahon chempionati finalida jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifi vafot etdi
20 fev 20:02
Yangiliklar
1990 yilgi jahon chempionati finalida jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifi vafot etdi
Qayd etilishicha, Breme dushanbadan seshanbaga o'tar kechasi Myunxenda yurak urishining to'xtatishi natijasida vafot etgan. U kasalxonaga yotqizilgan, ammo hayotini saqlab qolishning iloji bo'lmagan.
Eslatib o'tamiz, Breme JCH-1990 finalida Argentina terma jamoasiga qarshi o'yinda (1:0) Germaniya terma jamoasiga g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgandi.
Breme faoliyati davomida “Bavariya”, “Kayzerslautern”, “Inter”, “Saragosa” kabi klublarda to'p surgan. Nemis futbolchisi "Kayzerslautern" safida eng ko'p o'yin o'tkazgan - 319. Bu o'yinlarda Breme 53 gol urib, 19 golga assistentlik qilgan.
Breme Germaniya terma jamoasidagi debyutini 1984 yil 15 fevralda o'tkazdi. Germaniya terma jamoasi tarkibida u 86 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan.
Fikrlar