18ta o'yindan bittasida g'alaba qozongan APL klubi ustozi ishsiz qoldi
02 apr 2018 15:50
Yangiliklar


18ta o'yindan bittasida g'alaba qozongan APL klubi ustozi ishsiz qoldi
"Vest Bromvich" bosh murabbiyi Alan Pardyu ishsiz qoldi.
Bu haqda klub matbuot-xizmati elon qildi. Jamoa bayonotiga ko'ra, klub rahbariyati va Pardyu kelishuv asosida shartnoma bekor qilishdi.
29 noyabrda "Vest Bromvich" bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan mutaxassis o'sha kundan beri APLda jamoani 18ta o'yinda maydonga boshlab chiqdi. Bu uchrashuvlarda "Vest Bromvich" 1ta g'alabaga erishdi, 5ta durang o'ynadi va 12ta bahsda mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar