Alan Pardyu ishsiz qoldi

29 apr 2020, 08:26
“ADO Den Xag” Pardyuni ishdan oldi.

Niderlandiya klubi jamoa bosh murabbiyi Alan Pardyu bilan xayrlashdi. Klubni Pardyu bilan birga uning assistentlari Kris Pauell va Pol Batler ham tark etgan.

Avvalroq Niderlandiya chempionati muddatidan avval to'xtatilgani haqida xabar berilgandi. “Den Xag” chempionat doirasida 26 ta o'yindan so'ng 19 ochko bilan 17-o'rinni band etib turgandi.

58 yoshli Pardyu hozirga qadar “Reding”, “Vest Xem”, “Charlton”, “Sautgempton”, “Nyukasl”, “Kristal Pelas” hamda “Vest Bromvich” klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “АДО Ден Хаг” расмий сайти