Pardyu SSKA (Sofiya)da ish boshladi

23 noya 2020, 19:25
Britaniyalik murabbiy Alan Pardyu aprel oyidan beri ishsiz edi.

59 yoshli mutaxassis Bolgariya chempionati vakili SSKA (Sofiya) jamoasining texnik direktori sifatida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

Alan Pardyu joriy yilning aprel oyida Niderlandiyaning "ADO Den Xag" klubi bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqarilgan edi. Shuningdek, Pardyu hozirga qadar "Reding", "Vest Xem", "Charlton", "Sautgempton", "Nyukasl", "Kristal Pelas" hamda "Vest Bromvich" klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Manba: cska.bg