So’nggi yangiliklar

01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  1 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 23:30Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 23:25Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:10Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  16 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  13 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  22

"18 yoshimda men Xbox o'ynardim, Kobbi esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti" Yangiliklar

"18 yoshimda men Xbox o'ynardim, Kobbi esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti"

Kecha Angliya hamda Belgiya terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan tugadi. Inglizlarni Jud Bellingemning 90+5 - daqiqadagi goli mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Mana shu bahsda Angliya tarkibida "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi 18 yoshli Kobbi Maynu ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Kobbi terma jamoa asosiy tarkibidagi debyutidayoq uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bellashuvdan keyin terma jamoadagi yoshi kattaroq o'yinchilar Maynu haqida fikrlarini bildirib o'tishdi.

Ayven Touni: "18 yoshimda men Xbox o'ynardim, u (Kobbi) esa Angliya terma jamoasida o'ynayapti. U to'p bilan shunchaki "sirpanadi". U hali o'z imkoniyatlarining yanada yuqori cho'qqisiga chiqishi va ko'p yutuqlarga erishishiga ishonaman".

Jud Bellingem: "U bugun juda yaxshi o'ynadi. Bu juda ham ajoyib futbolchi. Uni "Manchester Yunayted"da yorqin kelajak kutmoqda va umid qilaman Angliya terma jamoasida ham.

Men undan yoshi kattaroq o'yinchi sifatida gapiryapman. Odamlar shovqin ko'tarib senga katta bosim o'tkazayotganda qanchalik og'ir ekanligini bilaman. U ajoyib harakat qildi".

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
27 mar 14:54:09
user
Va yana ba'zi 18-48 yoshlilar Messi_ronaldu deb yuribdi )
+1   
27 mar 14:53:48
user
Bizada 28 yoshlilar pubgda, 38 yoshlilar TikTokda )
   
27 mar 16:53:20
Aziz Muradov
ЛИВЕРПУЛ БИЛАН УЙИНДАХАМ СИНДИРИБ КУЙДИ УЙНАШДИ
   
27 mar 13:35:13
Fattoh
262 ???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика