So’nggi yangiliklar

00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  2 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  0 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Ювентус" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  17 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  0 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  24 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  10 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11

"18 yoshda terma jamoada debyut va "Vittes"dan tushgan taklif". Dilmurod Nazarovni xotirlab Yangiliklar

"18 yoshda terma jamoada debyut va "Vittes"dan tushgan taklif". Dilmurod Nazarovni xotirlab

Hozirda ro'za va ulug' ayyom, shuningdek kelayotgan 9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbolimiz tarixidagi, “Paxtakor” tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri Dilmurod Nazarovni xotirlashni va futbolchining faoliyatiga nazar tashlashni lozim deb bildik.

Dilmurod Nazarov futbolchilik faoliyatini “Paxtakor” futbol maktabida boshlagan, ilk saboqlarni esa Boris Serostanovdan oldi. Ushbu murabbiy tarixdagi ajoyib futbolchilardan biri bo'lgan, “Paxtakor” tarkibida qator uchrashuvlarda maydonga tushganligini, “Mashal”da murabbiy sifatida faoliyat olib borganini katta yoshli muxlislar yaxshi bilishadi. Katta futbolda o'z o'rnini topayotganida futbolchini o'sha vaqtdagi German Titov nomli futbol internatiga taklif qilishadi. Boisi, u o'z yosh toifasidagi terma jamoaga chaqirilgandi. Titov futbol maktabida u zamonamizning kuchli o'yinchilari bo'lmish Jafar Irismetov, Aleksey Jdanov, Otabek Pirmatovlar birga talim oladi. Bu erda yosh futbolchilarga Rauf Inileev, Baxtiyor Saidovlar dars berishardi.

O'spirin yoshdagi Dilmurodni aniqrog'i 16 yoshida Ahrol Inoyatov murabbiyligidagi “Paxtakor”ga taklif qilishadi. Ochig'i, Inoyatov futbolchini tarkibga jalb qilishda bir muncha qiynaladi. Sekin-asta o'zini ko'rsata boshlagach uni Viktor Tixonov va Mirzohid G'ulomovlar olimpiya terma jamoasiga chaqirishadi. Jamoada 1973/74 yilda tug'ilgan futbolchilar harakat qilardi, Dilmurod ularning orasida eng yoshi sanalardi. SHunga qaramay murabbiylar uni Qozog'istondagi turnirga olib borishadi. Musobaqada o'zidan ikki, uch yosh kattalarga qarshi o'ynaydi va 9ta gol bilan to'purarlar ro'yhatida Litvinenkodan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi. Buning natijasida 1993 yil bir davra “SKIF-Ordabasi” klubida o'ynab qaytadi.

1995 yil milliy terma jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Ivankov Afro-Osiyo kubogi doirasidan o'rin olgan Nigeriyaga qarshi uchrashuvga tarkibga kiritadi. O'shanda u 19ga ham to'lmagandi. O'sha yili Nazarov O'zbekiston chempionatida to'purarlar ichida birinchi bo'lgan Oleg SHackixdan keyingi o'rinni band qiladi. 1996 yil milliy terma jamoa ustozi Bahodir Ibrohimov Osiyo kubogiga saralash bahslarida futbolchiga Tojikiston bilan uchrashuvlarda imkoniyat beradi. Final bosqichidan oldin elon qilingan yakuniy tarkibda Dilmurod Nazarov ham bor edi.

Tariximizdagi ilk qita kubogining guruh bosqichida Yaponiya va Suriya bilan o'yinlarda ishonch bildiradi. Rustam Mirsodiqov ham uning iqtidoridan foydalangan holda Jahon chempionati saralashlarida o'ynatadi. Kambodja bilan kechgan safardagi o'yinda jamoaning to'rtinchi goliga muallifliq qilgan va termamiz ortga 4:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi. 1998 yilda Da Silva boshchilik qilayotgan “Paxtakor” uzoq kutilgan chempionlikni rasmiylashtiradi. Bunda Nazarov ham o'zining gollari bilan katta hissa qo'shgani shubhasiz. Futbolchi poytaxt klubi safida umumiy hisobda 115ta uchrashuvda 45ta gol urdi. 1999 yilda Toshkentning o'rtamiyona jamoasi “Traktor”ga yo'l oladi. Biroq, o'zining yorqin o'yinlarini ko'rsata olmaydi. Aniqrog'i jarohat unga to'sqinlik qiladi. Keyingi ikki yilni bir tekis o'tkaza olmagach Qozog'istonning “Taraz” klubiga o'tadi. SHundan so'ng u “Qaysar”, “Yassi Sayram”, “Ordabasi” klublarida to'p tepdi. Faoliyatining so'ngi yilini Namanganning “Navbahor” jamoasida o'tkazdi va butsalarini erta mixga ilishga majbur bo'ldi.

Futbolchining akasi Yorqin Nazarov Dilmurod Nazarovni quyidagicha xotirlaydi.

“Dilmurodni futbolga akamiz O'ktam Nazarov olib borgandi. “Paxtakor”ga taklif qilishganda murabbiy Ahrol Inoyatov edi. Mashg'ulotlarga kelardi, faol qatnashardi. Mashg'ulot bazasi bilsangiz Qibrayda joylashgandi. O'sha erda o'yinlarga tayyorgarlik ko'rardik. Men orqali chaqirtirishardi, ikki kun, uch kun qatnashib Titovga internatga ketib qolaverardi. Keyin Ahrol aka bitta yo'l tutdilar. Mashg'ulotlarga qoldirmasdan muntazam kelishda davom etsa eng zo'r butsani sovg'a qilishini aytdilar. Esimda eng zo'r sifatli qizil butsa Dilmurodda bo'lardi. Hech kimda bo'lmasdi. Gollar ursa oylik ham tayinlashini takidladilar.

SHunaqa qilib aldab uni olib qolishdi. Adashmayotgan bo'lsam, o'sha yili 1995 yil milliy terma jamoa libosida maydonga tushgandi. Nigeriya bilan o'yinda zahiradan qo'shilgan payt 18 yosh edi. “Paxtakor”ni niderlandiyalik Xans Farel boshqarganini bilsangiz kerak. U ketayotgan Dilmurodni o'zi bilan olib ketmoqchi bo'lgan, “Vittes” klubi uni taklif qilgandi. Lekin, klubning o'sha paytdagi rahbarlari juda katta mablag' so'rashadi. Bu esa ularga yoqmagan, uning puliga Braziliyadan futbolchi olishni maqul ko'rishgan.

Balki, o'shanda u Evropaga ketishi ham mumkin edi. Meni ukam bo'lgani uchun emas, ko'p murabbiylar ham o'zligi ko'p bor eslashadi. Dilmuroddek hujumchi hali chiqmaganini aytishadi. O'ziga xos xarakteri bor edi, yutqazishni yoqtirmasdi. Bo'yi past bo'lganiga qaramasdan bo'yi baland hujumchilardan ko'p gol urardi. Tezligi va chaqqon harakatlari raqib himoyachilarini shoshirib qo'yardi. Hozirgi hujumchilar bilan solishtirish qiyin. Uni ko'plar To'lagan Isoqovga o'xshatishardi. Darhaqiqat, tezligi yuqori edi”,- deydi Yorqin Nazarov.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика