15 yoshli futbolchi "Borussiya D" asosiy tarkibiga qo'shilishi mumkin
03 avg 2020 21:35
Yangiliklar
15 yoshli futbolchi "Borussiya D" asosiy tarkibiga qo'shilishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi tizimi hujumchisi Yussufa Mukoko yangi mavsumda birinchi jamoada debyutini o'tkazishi mumkin.
Klubdagilarning fikricha, 15 yoshli o'yinchi allaqachon kattalar darajasida o'ynashga qodir.
"Biz rekordlarni zabt etishga harakat qilmayapmiz. Yussufa — qoyilmaqom istedod egasi va ushbu mavsum oxiriga qadar yoshlar toifasida 120-130 ta gol uradi. Uni eng yuqori darajaga olib chiqish - mantiqli ish", - deydi nemis klubining yoshlar bo'yicha koordinatori Lars Riken.
Mukoko U17 jamoasi uchun 56 o'yinda 90 ta gol urgan. O'tgan mavsumda u "Borussiya" U19 yoshlar jamoasida 20 o'yinda qatnashib, o'z hisobiga 34 ta golni yozdirib qo'ygan.
Bundesliganing eng yosh debyutanti Nuri SHaxin bo'lib, u o'zining ligadagi birinchi o'yinini 16 yosh, 11 oy va 1 kunligida o'tkazgan. Mukoko 20 noyabr kuni 16 yoshga to'ladi.
Fikrlar