

"Milan" katta qiyinchilik bilan EL guruh bosqichiga chiqdi. Saralashning so'nggi bosqichida asosiy tarkibi bilan o'ynamagan "rossonerilar" Portugaliyaning "Riu Ave" jamoasini penaltilar seriyasida mag'lub qilishdi.
Dastlab, 51-daqiqada Aleksis Salemakers hisobni ochdi. "Riu Ave" vakili Fransishku Jeraldesh 72-daqiqala muvozanatni tikladi. Jamoalar qo'shimcha taymlarga murojaat qilishdi. Qo'shimcha bo'limlar Jelson Dalaning goli bilan oshlandi. Italyan klubi esa 120+2-daqiqada Xoqon Chalxanoglu tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli penalti evaziga o'yinni saqlab qoldi.
Penaltilar seriyasi uzoq davom etdi. Har ikki jamoa vakillari 12 tadan zarbani amalga oshirishdi va yakunda "Milan" ustun keldi - 9:8 va Yevropa Ligasiga chiqdi.
Riu Ave – Milan 2:2, penaltilar seriyasi - 8:9
2 oktyabr, 00.00, Eshtadiu dush Arkush
Gollar:
0:1 – 51 Salemakers, 1:1 – 72 Jeraldesh, 2:1 – 91 Dala, 2:2 – 120, penalti Chalxanoglu.
Riu Ave – Keshek, Aderllan Santos, Pintu, Monte, Borevkovich, Augusto, Tarantini (Yambor, 75), Pyazon, Diego Lopes (Jeraldesh, 66), Karlush Mane (Gabrielzino, 109), Moreyra (Dala, 86).
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Ker, Teo, Gabbiya, Chalxanoglu, Kessie (Tonali, 105), Kastilexo (Braim Dias, 46), Bennaser, Maldini (Rafael Leau, 67), Salemakers (Kolombo, 95).
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5, 6:6, 7:6, 7:7, 8:7, 8:8, 8:9.
Ogohlantirishlar:
Borevkovich (15), Moreyra (41), Aderllan Santos (47), Teo (61), Augusto (65), Tarantini (68), Rafael Leau (98), Ker (113).
Chetlatish:
Borevkovich (120).




