So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  38 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

10 nafar muxlis bilan "Neftchi"ga baho bermaylik, "Turon"ga omad Yangiliklar

10 nafar muxlis bilan "Neftchi"ga baho bermaylik, "Turon"ga omad

So'nggi haftada hakamlarga nisbatan elon qilingan jazo, ularning reytingiga juda salbiy tasir ko'rsatdi.

Ular ishonchdan chiqdilar. To'g'ri, hammasi emas. Lekin juda ko'pchiligi xalq va hukumat ishonchini buzdilar. Endi hakam yaxshi bo'ladimi, yomon bo'ladimi farqi yo'q, yillar ketadi ishonchni qaytarishga.

Muxtorov 5 yildan keyin, Tuxtasinov 1 yildan keyin qaytadi, lekin ularga endi hech kim ishonmaydi. Najafaliev yoshlik kilgani uchun kechirildi. Ertaga maydonga chiqib insoniy faktor bo'yicha xato qilsa ham endi ularda tamg'a bor va u ketmaydi.

Endi kechagi o'yin. Bu erda "Neftchi" muxlislarini ayblash kerak emas. Final deya etirof etildimi uchrashuv, finaldek munosabat bo'lishi kerak edi. Muxlislar sonidan kelib chikib IIB qo'yilmagan. O'yindan keyin istagan odam maydonda yuribdi, beyjik nima uchun? Maydonga tushib ketgan muxlislarni aytmayapman. O'yin komissari, aslida o'yin tizgini chiqarib yubordi. Uchrashuv tugaganidan keyinoq hakamlarni miliciya bilan o'ratib, maydon markazida ushlab turish kerak edi. Bu jahon praktikasi, o'ylab topib yozmayapman. O'rtada miliciya tomonidan o'ralgan xakamlarga shundan keyin birov tegina olarmidi, yo'q albatta.

Xullas bu o'yindagi muammo tashkilotchilikda bo'ldi. Anavi "karatist" esa bir umrga futboldan chetlatilishi kerak edi. Kuni kecha "Neftchi"ni 4 nafar yosh bolasi uyimda turib ketdi 3 hafta davomida. Ular mana shu o'yinni hammadan ham ko'prok kutishdiki, "Neftchi" Superligaga chiqsa bizga klub qarar ekan, to'plar berar ekan, musobaqalar qilar ekan deb.

Lekin kecha "Neftchi" safida maydonga tushgan "futbolchilar" yillar davomida "Neftchi" logotipini brendga aylantirgan afsonalarning harakatini bir pul qildilar. Bu futbolchilar arzimaydi bu futbolkani kiyib yurishga.

"Dinamo"ni yut, bo'ldi edi. "Turon" gol urguniga qadar, 50-80 daqiqalar oralig'ida "Neftchi" nima qildi? 0:0 ushlashni o'yladi va raqibni o'z jarima maydonchasi ichiga yaqinlashtirib qo'ydi.

Bu o'yin balki kecha bizga zo'r ko'ringandir, lekin katta Superliga saviyasida hech nima emas edi.

"Neftchi" ana o'sha 10 muxlisdan iborat emas. SHuning uchun kimnidir haqorat qilishdan avval nomma-nom gapiraylik. "Neftchi" buyuk klub, ammo endi 5-6 nafar avom uchun javob berishga majbur afsus...

Men juda istagan edim bu klubni oliy ligada ko'rishga. Nima uchundir ligani Superliga deb atay olmayman. Superliga deb o'zgartirishdan maqsad liganing saviyasini ko'tarish edi. Lekin yana o'sha medalistlar, yana o'sha autsayderlar.

"Turon"ga esa omad tilayman. Uning rahbariga 5 baho! "Obod"dan keyingi ikkinchi hususiy jamoa bo'la oldi. Ishqilib, "Obod"ni kuni tushmasin.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика