So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  2 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan Inter cup–2018 musobaqasi o'tkazildi Yangiliklar

1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan Inter cup–2018 musobaqasi o'tkazildi

Teglar :  Inter Cup-2018
Inter sport project sport kompaniyasi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalar kuniga bag'ishlangan 2011-2012 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida Inter cup–2018 musobaqasi tashkil qilindi.

Bugun 31 may kuni O'zbekiston futbol associaciyasi hamda «Inter sport project» sport kompaniyasi tomonidan O'zbekiston futbol associaciyasining suniy qoplamali maydonlarida «1 iyun – Xalqaro bolalar kuni»ga bag'ishlangan 2011-2012 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida «Inter cup–2018» musobaqasi tashkil qilindi.
Musobaqada "Inter sport", "Paxtakor", "Odil Junior", "Spartak", "JFL" kabi bolalar jamoalari ishtirok etib, maydonda o'zlarining mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda "Inter Sport" loyihasi rahbari Erkin Saidov musobaqada ishtirok etgan barcha bolajonlarga homiylar tomonidan ajratilgan esdalik sovg'alarini taqdim qildilar.

Taqdirlash marosimidan so'ng «Anor» bolalar ashula va raqs ansambli azolari o'zlarining chiqishlari bilan yosh futbolchilar hamda tomoshabinlarning kayfiyatlarini xushnud etishdi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh futbolchilarga katta futbolga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlariga hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi.


Musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

"Inter Sport" - "Paxtakor" 0:2
"Odil Junior" - "JFL-Tashkent" 6:0

"Spartak" - "Odil Junior" 1:1
"Paxtakor" - "JFL-Tashkent" 9:1

"Inter Sport" - "Odil Junior" 0:2
"Spartak" - "JFL-Tashkent" 4:4

"Paxtakor" - "Spartak" 5:1
"Inter Sport" - "JFL-Tashkent" 1:4


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика