So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

"Zarangar" - Buxoro viloyati Superkubogi sohibi Yangiliklar

"Zarangar" - Buxoro viloyati Superkubogi sohibi

Buxoro viloyatida mavsum yakunlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi "Futbolni yanada rivojlantirish to'g'risida"gi PK-3610-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Buxoro viloyat hokimligi yordamida joriy yilning may oyidan dekabr oyigacha Jismoniy tarbiya va ikkinchi tabaka jamoalari o'rtasida XXVII Buxoro viloyat birinchiligi hamda Buxoro viloyat Kubogi musobaqalari o'tkazildi. Ushbu musobaqalarda viloyatning tuman va shaharlardan jami 18ta jamoalar ishtirok etib, o'yinlar juda ham qizg'in va qiziqarli o'tdi. Viloyat birinchiligida 1-o'rinni G'ijduvon tumanining "Zarangar" jamoasi, 2-o'rinni Buxoro shahrining "Sitora" jamoasi va 3-o'rinni Qorakul tumanining "Turon" jamoasi egallashdi.


Jismoniy tarbiya va ikkinchi tabaqa futbol jamoalari o'rtasida 2018 yilgi XXVII Buxoro viloyati birinchiligi o'yinlarining 

YAKUNIY JADVALI

#

Jamoalar nomi

O'

YU

D

M

Gollar

O

1

«Zarangar» G'ijduvon t.

31

25

3

3

71

34

78

2

«Sitora» Buxoro sh. 

31

21

5

5

105

29

68

3

«Turon» Qorako'l t.

31

22

1

8

66

41

67

4

«Ittifoq» G'ijduvon t.

31

21

2

8

35

33

65

5

«Istiqlol» Olot t.

31

18

4

9

55

45

58

6

«Lokomotiv» Kogon sh.

31

16

2

13

48

60

50

7

«Olimpiya» Buxoro sh.

31

15

3

13

48

46

48

8

«Neftchi» Qorovulbozor t. 

31

14

5

12

38

38

47

9

«Yoshlik» Vobkent t.

31

14

3

14

52

55

45

10

«Romitan» Romitan t.

31

13

3

15

58

66

42

11

«Peshko'» Peshko' t.

31

12

4

15

51

52

40

12

«Spartak» Buxoro sh.

31

11

7

13

50

53

40

13

«Jondor» Jondor t.

31

10

2

19

42

38

32

14

«Afshona» Buxoro sh.

31

7

3

21

55

85

24

15

«Varzonze» SHofirkon t.

31

7

1

23

24

57

22

16

«Kogon» Kogon t.

16

3

1

12

22

42

10

17

«Gala-Osiyo» Buxoro t.

31

2

1

28

23

69

7



* Kogon tumanining «Kogon» jamoasi musobaqa reglamentini buzganligi sababli birinchi davradan so'ng o'yinlardan chetlatildi.

* G'ijduvon tumanining «GOLD» jamoasi musobaqa reglamentining 17 bo'limining 17.1. bandiga asosan o'yinlardan chetlatildi hamda Buxoro viloyati futbol Associaciyasi hisobidan chiqarildi.





Buxoro viloyat Kubogi final o'yini "Buxoro" sport majmuasida 2018 yilning 6 dekabr kuni G'ijduvon tumanining "Ittifoq" hamda Qorako'l tumanining "Turon" jamoalari o'rtasida qizg'in o'tkazilib, "Ittifoq" jamoasi 4:2 hisobida g'alaba qozonib Buxoro viloyati Kubogi sohibi bo'ldi.




XXVII Buxoro viloyat birinchiligi hamda Buxoro viloyat Kubogi musobaqalari g'olib va sovrindorlari taaluqli diplom va medallar, Kubok hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.


Viloyat miqiyosida birinchi marotaba tashkil etilgan Superkubok o'yini 2018 yil 9 dekabr kuni G'ijduvon tumanining "Zarangar" o'yingohida o'tkazildi. Viloyat birinchiligi g'olibi "Zarangar" hamda Viloyat kubok sohibi "Ittifoq" jamoalari o'rtasida o'tkazildi, qiziqarli o'tgan uchrashuv "Zarangar" jamoasining 6:3 hisobidagi  g'alabasi bilan yakunlandi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика