So’nggi yangiliklar

15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  1 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  13 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10

Yilning eng yaxshi darvozaboni - Eldorbek Suyunov Yangiliklar

Yilning eng yaxshi darvozaboni - Eldorbek Suyunov

"Championat.asia" sayti odatga ko'ra o'z talqini bo'yicha "Yilning eng yaxshilari"ni aniqlaydi.

Dastlab darvozabonlardan boshladik.

Demak, Superliga-2018da yilning eng yaxshi darvozaboni bo'lishga nomzodlar quyidagicha ko'rinish oldi:

1.Eldorbek Suyunov ("Paxtakor")
2.Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
3.O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
4.Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
5.Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Saytimiz xodimlari o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, joriy mavsumda O'zbekiston chempionatida faoliyat ko'rsatgan futbolchilarning poziciya bo'yicha eng yaxshilarini aniqladik. Unga ko'ra, Superligada yilning eng yaxshi darvozaboni deya "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunov topildi.

Darhaqiqat, ushbu kiper "Paxtakor"da joriy mavsumni ancha ishonchli o'tkazdi. Superligadagi darvozabonlar ichida eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etgan Suyunovga so'rovnomada ishtirok etgan 13 nafar xodimdan 10tasi ovoz berdi. SHuningdek, so'rovnomada O'tkir Yusupov, Ignatiy Nesterov va Sanjar Quvvatov bittadan ovoz olishdi.



Quyida saytimiz xodimlari kimga ovoz berishganini havola etamiz:

Narzulla Saydullaev - Eldorbek Suyunov
Tolibjon Qosimov - Eldorbek Suyunov
SHahboz Beg'amov - Eldorbek Suyunov
Jahongir Fayzullaev - Eldorbek Suyunov
Zoir Tursunboev - Sanjar Quvvatov
Nig'mon Nazimov - Eldorbek Suyunov
Alisher Xolmatov - Ignatiy Nesterov
Nozima Zaripova - Eldorbek Suyunov
Xayrulla Xoliqov - Eldorbek Suyunov
Jasur Aslanov - Eldorbek Suyunov
Nodirxo'ja Yuldashev - Eldorbek Suyunov
G'ayrat Xasbiulin - O'tkir Yusupov
Asror Abdunazarov - Eldorbek Suyunov


SHu tariqa Eldorbek Suyunov yilning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasida juda katta ustunlik bilan g'olibga aylandi.

Qayd etish kerakki, Suyunov joriy mavsumda 30 uchrashuvda maydonga tushdi va o'z darvozasidan eng kam gol qo'yvordi - 24.

Suyunov Superligada eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan kiperga aylandi. "Paxtakor" jamoasi Suyunov maydonga tushgan 14 bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlashga erishdi.

"CA" talqini bo'yicha Superliga-2018da yilning eng yaxshi darvozaboni Eldorbek Suyunov. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика