So’nggi yangiliklar

20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  0 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:52"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  33 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  4 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4 15:38Роналду – энг яхши!  27

“Yashnobod” Pro-liga bahslariga hozirlikni boshladi Yangiliklar

“Yashnobod” Pro-liga bahslariga hozirlikni boshladi

Teglar :  PRO-ligaYashnobod
Futbol bo'yicha o'tgan yili Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga bahslarida ilk marotaba qatnashgan “Yashnobod” futbolchilari yigirma jamoa o'rtasida faxrli ikkinchi o'rinni egalladi.

SHuningdek, yashnobodliklar “Mustaqillik kubogi — 2018” musobaqasida finalchi bo'ldi.

Yangi mavsum oldidan poytaxtimizning Yashnobod tuman hokimligi jamoa oldiga jiddiy vazifalarni qo'ymoqda. “Yashnobod” futbolchilari O'zbekiston XXVIII milliy chempionati Pro liga bahslarida poytaxt sharafini himoya qiladi.

10 yanvardan boshlab yashnobodliklar Aziz Fayziev bosh murabbiyligida yangi mavsum taraddudiga kirishdi. Ayni paytda “Yashnobod” jamoasi poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasi hamda tumandagi 198-sonli umumtalim maktabi suniy qoplamali stadionida mashg'ulotlarni olib borishmoqda.

— O'tgan yil jamoamizning shakllanishi uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'tab berdi, — deydi jamoa bosh murabbiyi Aziz Fayziev. — Bunda albatta Yashnobod tuman hokimligi, «Artel Engineering and Management» MCHJ hamda boshqa xomiylarimizning hissasi katta bo'ldi. Tumanimiz katta iqtisodiy salohiyatga ega. Millionlar o'yini — futbol shinavandalari talaygina. Maqsadimiz kelgusida avvalo bolalar futbolini rivojlantirish va istedodli yoshlarni kashf etishdan iborat. Pro liganing asosiy talablaridan biri ham shundan iborat. SHu bois, asosiy etiborni “Yashnobod” professional futbol klubi infratuzilmasini shakllantirishga qaratganmiz. Ayni paytda futbol klubimiz qoshidagi to'rtta yosh guruhlarida bir yuz ellikka yaqin bola “charm to'p” sirlarini o'rganishyapti. Jamoamiz murabbiylar shtabi kunning birinchi yarmida “Yoshlik” sport majmuasida mashg'ulotlarni tashkil etishayotgan bo'lsa, tushdan keyin 198-sonli umumtalim maktabida futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishyapti.



Pro liga talablariga ko'ra, har bir jamoa o'z mashg'ulotlar bazasiga ega bo'lishi zarur. Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxovning bildirishicha, tez kunlarda Tuzel-2 dahasida 5 ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy stadionning qurilish ishlari boshlanadi. Bu sport majmuasida shuningdek, alohida mashg'ulotlar maydoni, trenajyor zali va boshqa qulayliklar yaratiladi. Bundan tashqari, xomiylar tomonidan “Yashnobod” professional futbol klubi uchun maxsus avtobusga ham buyurtma berilgan.

Rejaga ko'ra, “Yashnobod” jamoasi shu yilning mart oyida poytaxtimizda ztadigan PFL kubogida ishtirok etishi rejalashtirilgan. SHundan so'ng, Pro ligada jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchilar ro'yxati shakllantiriladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика