Xvicha "Real"ga qarshi o'yin oldidan: "PSJ ularning barcha futbolchilarini hurmat qilishi kerak"
09 iyu 13:11
Yangiliklar


Xvicha "Real"ga qarshi o'yin oldidan: "PSJ ularning barcha futbolchilarini hurmat qilishi kerak"
Xvicha Kvaracxeliya "Real"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.
PSJ va "Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yarim final o'yinida to'qnash keladi.
Madrid jamoasining hujumchisi Kilian Mbappe turnirdagi ilk golini o'tgan bahsda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi (3:2) urdi.
– "Real" faqat bitta futbolchi o'ynamaydi! "Qirollik klubi" juda kuchli, biz ularning barcha futbolchilarini hurmat qilishimiz kerak. Bor etiborimiz shu bahsga qaratilgan.
– Mbappening maydonda bo'lishini xohlaysizmi yoki zaxirada?
– Bu qiyin savol. Mbappe – hozirgi eng yaxshi futbolchilardan biri. Mbappe bilan "Real" yanada xavfli jamoa." – dedi PSJ vingeri Xvicha Kvaracxeliya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar