So’nggi yangiliklar

21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  1 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  0 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  2 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  38 18:05Топ-трансферлар вақти. "Арсенал" ва "Ливерпуль" "тезлигига" пулдан муаммоси йўқ "Ньюкасл" ҳам дош беролмаяпти   1 17:45"Истанбул Башакшеҳир" матбуот хизмати Аббос Файзуллаевнинг трансфери масаласида маълумот берди  3 17:26Украиналик мутахассис "Андижон" мураббийлар штабига қўшилди  7 17:10Расман: Болтабоев "Нефтчи"ни тарк этди  3 16:55"Сўғдиёна" ва "Бунёдкор" қирғиз клуби билан ўйнайди  0 16:35"Реал" ҳимоячисини "Алавес"га сотди  0 16:06"Ливерпул"да Рэшфорд?! Катта трансферга тайёргарлик бошланди!  4

Vinisius Junior haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Vinisius Junior haqida bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Madridning "Real" klubiga o'tgan yil yozda kelgan yosh braziliyalik futbolchi tezda asosiy futbolchiga aylanib oldi.

O'quvchilarimiz talabiga ko'ra bu futbolchi haqida malumot beramiz.

To'liq ismi: Vinisius Joze Paysan de Oliveyra Junior.
Tug'ilgan sanasi: 2000 yil 12 iyul.
Tug'ilgan joyi: San Gonsalu (Rio de Janeyro) Braziliya.
Ampulasi: yarim himoyachi  
Bo'yi: 176 sm.
Og'irligi: 73 kg.
Klubi: "Real Madrid" (Ispaniya)
Raqami: 28

O'ynagan klublari:
Vinisius Junior 2015-2017 yillarda Braziliyaning "Flamengo" klubining yoshlar jamoasi safidan o'ynagan bo'lsa, 2017-yilgi mavsumdan mazkur jamoaning asosiy tarkibiga jalb etilgan. Yosh futbolchi Braziliya terma jamoasining turli yosh toifasidagi jamoalarida o'ynashga ulgurdi. Jumladan, 2015-2016 yillarda 15 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya o'smirlar terma jamoasi safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta gol kiritgan. 2016-2017 yillarda 17 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya yoshlar terma jamoasida 19  uchrashuvda 17 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Vinisius Junior 2018-yildan boshlab 18 yoshli futbolchilardan iborat Braziliya  yoshlar terma jamoasiga jalb etildi.



Yosh bo'lishiga qaramasdan jahonning grand jamoalari skautlari nazariga tushgan Vinisius Ispaniyaning Real Madrid klubiga transfer qilindi. Uning transferi oqasidan "Flamengo" klubi 45 million evro ishlab olganligini aytib o'tish joiz.

Hozirgi kunga kelib Real Madridning asosiy tarkibidagi o'rnini tobora mustahkamlab borayotgan yosh braziliyalikning ko'rsatayotgan o'yinlari ko'pchilik muxlis va mutaxassislar tomonidan alohida etiborga tushgan.


Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика