So’nggi yangiliklar

22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  22

Umid Ahmadjonov xalqaro forum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Pan Gi Mun boshchiligidagi delegaciya vakillari bilan uchrashdi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov xalqaro forum doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Pan Gi Mun boshchiligidagi delegaciya vakillari bilan uchrashdi

Teglar :  Umid Ahmadjonov
27 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qo'mitasining Etika bo'yicha komissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi.

Pan Gi Mun Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida “Orolbo'yi hududlarida ekologik muhitni yaxshilash masalalari va bu jarayonda koreys diasporasining roli” mavzusida xalqaro forumga Janubiy Koreya delegaciyasi rahbari sifatida tashrif buyurganini ham alohida takidlab o'tish kerak.
 
Forum doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasida bir qator tadbirlar o'tkazildi. Jumladan, Janubiy Koreyaning Seul shahridagi “Chung-Ang university high school” futbol jamoasi “Turon” markaziy o'yingohida Qoraqalpog'iston Respublikasining 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
 
28 noyabr kuni  “Chung-Ang university high school” jamoasi Toshkent shahridagi “Milliy” o'yingohida O'zbekiston milliy terma jamoasining 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar jamoasi bilan kuch sinashdi. Bu uchrashuvda vakillarimiz kichik hisobda g'alaba qozonishdi.

Bugun 29 noyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov xalqaro forum doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan Pan Gi Mun boshchiligidagi delegaciya azolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda "Sports&Solution" kompaniyasi prezidenti Vun CHan Ti va uning o'rinbosari Daniel Kim ishtirok etishdi. Vun CHan Ti uchrashuv davomida O'zbekiston bilan sportni, jumladan, olimpiya sport turlarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini malum qildi. Bu borada talab etiladigan barcha yo'nalish bo'yicha o'z yordamini berish va shu orqali O'zbekistonda sport turlari rivojiga hissa qo'shishdan boshi osmonga etishini malum qildi. Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya milliy olimpiya qo'mitasi va futbol associaciyasi bilan o'zaro hamkorlik masalalarini yanada kuchaytirish biz uchun har tomonlama manfaatli ekanini aytib o'tdi.
 
Uchrashuv so'nggida Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya delegaciyasi vakillariga Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi nomidan esdalik sovg'alarini topshirdi.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика