So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  13 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

Umid Ahmadjonov: "Hakamlarga chetdan bosim o'tkazishga hech kimning haqqi yo'q" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "Hakamlarga chetdan bosim o'tkazishga hech kimning haqqi yo'q"

Bugun Milliy olimpiya qo'mitasida yangi mavsum oldidan Superliga va Pro-liga hakamlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda O'zbekiston Futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, PFL bosh direktori Omon G'ofurov, O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig'i Mamur Saidqosimov va boshqa O'FA mutasaddilari ishtirok etishdi.  
 
Yig'ilishda so'zga chiqqan Umid Ahmadjonov O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan hakamlarga barcha sharoitlar yaratib berilayotgani, bundan ko'zlangan asosiy maqsad yurtimizda hakamlik saviyasini oshirish, o'yinlarning xolis va adolatli boshqarilishini taminlashdar iborat ekanini aytib o'tdi.
 
“Hakamlarimiz saviyasini oshirish uchun O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hakamlar uchun xorijda o'quv-mashg'ulotlar tashkil qildik, ular uchun turli seminarlar o'tkazmoqdamiz.
 
Joriy mavsumdan boshlab  boshqargan uchrashuvlari uchun yaxshi baholar olgan hakamlar O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan rag'batlantirilib boriladi. Aksincha, qo'pol xatolarga yo'l qo'yadigan hakamlar esa qaytib Superliga o'yinlariga qo'yilmaydi, ular Pro-liga musobaqasida hakamlik qilishadi hamda yuqori liga uchrashuvlarini boshqarishga munosib ekanliklarini boshqatdan isbotlashlari kerak bo'ladi.  


 
Maqsad hakamlarimiz o'yinlarni xolis va adolatli boshqarishsin, turli qing'irliklardan uzoqroq yurishsin. Hakamlarning harakatlari muntazam ravishda maxsus inspekciya tomonidan nazorat qilib borilishini ham takidlab o'tish zarur. Qing'ir ishlarlarga aralashadigan hakamlar qattiq jazolanadi.  
 
Uchrashuvlarni boshqarish uchun joylarga borishganida, hakamlarga nisbatan hurmat yuqori bo'lsin. Hakamlarga chetdan bosim o'tkazishga hech kimning haqqi yo'q. Klub rahbarlari, vakillari kim bo'lishidan qatiy nazar agar hakamlarga bosim o'tkazishga urinishsa, O'FA tomonidan jazolanadi. Joriy mavsumdan boshlab hakamlarning o'yinlarga borish-kelish, mehmonxona xarajatlari barchasi PFL tomonidan qoplab beriladi. Maqsad - hakamlar daxlsiz bo'lsin. O'z ishini sidqidildan bajarsin. Faqat O'zbekiston futbol Associaciyasi rahbariyati hakamlar ishini nazorat qiladi va ularni baholab boradi.  
 
Ravshan Ermatov butun dunyoda hurmatga sazovor hakam. U endilikda Superliga va Pro-liga hakamlariga kuratorlik vazifasini bajaradi. O'zining katta tajribasi va mahorati bilan boshqa hakamlarga ham malaka oshirishga yordam beradi. Hakamlarimiz faqat O'zbekiston doirasidagi uchrashuvlarda ishlamay, FIFA va OFK tasnifidan o'rin olgan o'yinlarda ko'proq ishlashlariga erishishimiz zarur. Buning uchun har bir hakam o'z ustida ko'p ishlashi, mehnat qilishi talab etiladi. SHundagina rivojlanish, o'sishni kuzatish mumkin bo'ladi”, - dedi Umid Ahmadjonov.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика