Turki Ash Shayx Angliya klubini sotib olish haqida o'ylamoqda
23 iyu 17:52
Yangiliklar


Turki Ash Shayx Angliya klubini sotib olish haqida o'ylamoqda
Saudiya Arabistonidagi ko'ngilochar tadbirlar bo'yicha Bosh boshqarma raisi Turki Ash Shayx "Bristol" futbol klubini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida "The Sun" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klubga egalik qiluvchi Lensdaunlar oilasi klubni sotishni rejalashtirmagan, ammo Ash Shayx ular uchun juda qulay taklif bilan chiqishi mumkin. Avvalroq saudiya arabistonilik promouter va biznesmenning qiziqishi "Milluoll" va "Sautgempton" bilan bog'liq edi.
"Bristol Siti" 2024/25 yilgi mavsum Chempionship jadvalida 6-o'rinni egalladi. APL o'ynash huquqi uchun o'tkazilgan musobaqa yarim finalida "Sheffild Yunayted”ga ikki uchrashuvda umumiy 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar