So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   33 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

"SHu ham futbolmi? Futbolda faqat futbolni tushunadigan insonlar ishlashi kerak!" - Akmal Xolmatov Yangiliklar

"SHu ham futbolmi? Futbolda faqat futbolni tushunadigan insonlar ishlashi kerak!" - Akmal Xolmatov

Pro-ligada ishtirok etadigan Oltiariqning "Iftixor" jamoasida o'ynagan Akmal Xolmatov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida chempionat haqidagi achchiq haqiqatlarni ochiq-oydin aytgan.

"Bu yilgi futbol juda past saviyada o'tdi. Bu borada hammaning o'z fikri bor, ammo men o'z qarashlarimni aytyapman. CHunki men birovning fikriga hech qachon aralashmayman. Boisi, o'zimning fikrim bor. Bu yil futbol saviyadan ancha uzoqlashdi. Bu gaplarni "Iftixor"da o'ynaganim uchun aytyapman. Yana nima deyish mumkin?

"Iftixor"dagi sharoit? Qanday sharoit haqida gapirilyapti? Oltiariqda hech nima yo'q. SHunday ahvolda ham "Iftixor"da o'ynagan futbolchilarga rahmat aytish kerak. Boshida bizga ko'p gapirishdi, ancha vadalar berishdi. Lekin oxirida kelganda... hattoki, so'nggi turda maydonga chiqishmadi-ku. Yigitlarni o'yinga chaqirib, ularni to'plagan murabbiyning licenziyasi jamoa boshlig'ida ekan, ammo u o'sha kuni telefonini o'chirib qo'yibdi emish. Bu nima degani? SHu ham futbolmi? Bunday ahvolda futbol o'ynab bo'ladimi? Bunaqa etiborda yoshlar nimani o'rganishadi? Essiz, shuncha iqtidorli bolalar bor edi.

Birinchidan, futbol muxlislar uchun. Ikkinchidan, FUTBOLDA FAQAT FUTBOLNI TUSHUNADIGAN INSONLAR ISHLASHI KERAK! Lekin Oltiariqda nima qilishdi? Faqat maqtanishadi, ammo oxirida kelganda...

Men shuncha yil futbol o'ynayapman-ku, lekin birinchi marta bunday ahvolga tushdim. Xo'p, pul yo'qdir, ammo ozgina bo'lsa ham futbolga etibor va ahamiyat berish kerakmi? Yana qaytaraman: mening qarashlarim bo'yicha bu yil futbol pasaydi. Siz bemalol mening aytganlarimni yozavering, hammasi haqiqat. "Iftixor"da etibor nol! Hozirdan futbolga tushunmaydigan insonlarni haydash kerak. Hayronman, bunday odamlarni nimaga klub rahbari qilib qo'yishadi. Ularning maqsadi futbolni ko'tarishmi yoki pastga tushirishmi? O'FAda mendan ham yaxshiroq, futbolni tushunadigan rahbarlarimiz bor. Ular nima qilishni o'zlari bilishadi", - deya Pro-liga "B" guruhining joriy mavsumiga baho bergan Akmal Xolmatov.

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика