So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  4 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsud Karimovdan hammamiz minnatdormiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsud Karimovdan hammamiz minnatdormiz"

“Nasaf” – AGMK uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o'tdi.

- Bugun ikki bo'limda ikki xil o'yinga guvoh bo'ldik. Birinchi bo'limda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limda yigitlarga takidlagan edimki, o'yinni aslo bo'shashtirmaslik kerakligini. AGMK jamoasi so'nggi daqiqalargacha kurashadigan jamoa hisoblanadi. Qolaversa, Farg'onada bo'lib o'yin haqida ham gapirgan edim, AGMK o'sha o'yinda 10 kishi bo'lib, durangga erishgan edi. Ikkinchi bo'limdagi sust harakatlarimiz bugungi durangga asosiy sabab bo'ldi. Afsuski, tayyor g'alabani qo'limizdan chiqarib qo'ydik. Albatta bugun aksariyat futbolchilarimizda toliqish ham sezildi.

 O'zingizga malum, ko'plab o'yinchilarimiz terma jamoalarimiz safida to'p tepishdi, yana uzoq yo'l, bularning hammasi o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. SHuning uchun ikkinchi bo'limda yanada kuchliroq o'yin ko'rsatish ularga qiyin bo'ldi. Asosan mana shular bugungi durangga sabab bo'ldi.

Maqsud Karimov haqida ham to'xtalib o'tmoqchiman. Biz uchun juda qadrli bo'lgan futbolchimizdan juda minnatdormiz. U ancha yil jamoamiz tarkibida to'p tepdi. Klubimizga o'z umrining eng navqiron va jo'shqin vaqtlarini berdi. Yutuqlarimizga salmoqli hissasini qo'shdi. Biz murabbiylarga yaqin ko'makchi bo'ldi. Karimov nafaqat etakchi futbolchimiz, balki yaqin insonimiz sifatida hammamiz uchun qadrlidir. SHu o'rinda klubimiz rahbariyatiga taklif bildirib qolardim, imkon bo'lsa, Maqsud Karimovni jamoamizda olib qolish kerak, unga bironta ish berish kerak. U o'ziga yuklatilgan har qanday ishni uddalay olishiga ishonaman, jumladan murabbiylikni ham. Undan yaxshigina murabbiy chiqadi. Biz Maqsud Karimovdan juda minnatdormiz, - dedi mutaxassis.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика