So’nggi yangiliklar

22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  0 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  6 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   89 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  1 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  69 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  2 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  7 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   72 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  24 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1

"Real" va yana bir qator jamoalar klublar o'rtasidagi JCH har 2 yilda o'tkazilishini xohlashmoqda, FIFA esa... Yangiliklar

"Real" va yana bir qator jamoalar klublar o'rtasidagi JCH har 2 yilda o'tkazilishini xohlashmoqda, FIFA esa...

"Real" va boshqa jamoalar klublar o'rtasidagi jahon chempionatini 2 yilda bir marta o'tkazishni taklif qildi.

ESPN xabariga ko'ra, turnirni tez-tez o'tkazishni Evropa va Janubiy Amerikaning daromadlarini oshirishga qiziqqan bir qator klublar qo'llab-quvvatlamoqda. Islohot bo'yicha rasmiy so'rov hozircha kelib tushmagan, ammo bir necha top-klublar rahbarlari FIFA vakillari bilan bunday imkoniyatni muhokama qilgan.


Xabarlarga ko'ra, FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati natijalaridan mamnun, lekin hozirda turnirni tez-tez o'tkazishni "amalga oshirib bo'lmaydi" deb hisoblaydi. Yakunlangan musobaqa natijalariga ko'ra, ishtirokchi klublar o'rtasida 1 milliard dollar taqsimlandi va FIFA bu miqdordagi summani har ikki yilda yig'ish imkonsiz deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, FIFA klublar jahon chempionatini ikki yilda bir marta o'tkazish UEFA bilan nizoga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi, bu esa tashkilot manfaatlariga ziddir. Jahon futbolini boshqaruvchi organ mavjud futbol taqvimining murakkabligini ham qayd etmoqda.

Hozirda FIFA keyingi klublar JCH 2029 yilda o'tishiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Turnirni o'tkazish uchun potencial davogarlardan biri sifatida Qatar ko'rib chiqilmoqda.

Reyting: -3   

Fikrlar

+1   
21 iyu 22:54:03
FC_BARCELONA_UZ
Issiq mamlakatda o'tkazilarkanmi?! Boshqa davlat qurib qoldimikan?
   
23 iyu 10:43:03
Ahmadjon UBAYDULLAYEV
Muhammadali Sirojiddinov foydalanuvchining fikriga javob berish
Keyingi safar Oʻzbekistonda oʻtkaziladi biznikilar ariza berdi
Nima Mahallalardagi mini stadionchalarda o‘ynashadimi? Talabga javob beradigan 2 ta satadion bor xolos O‘zbekistonda.
   
22 iyu 05:34:32
UzbekistanTeamFcc
Пул хаммага ёқимли нарсаде.
   
22 iyu 00:14:07
Muhammadali Sirojiddinov
Keyingi safar Oʻzbekistonda oʻtkaziladi biznikilar ariza berdi
championat.asia
Яндекс.Метрика