Rasman: "Baniyas" Akmal Mozgovoyni o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi
08 iyu 21:25
Yangiliklar


Rasman: "Baniyas" Akmal Mozgovoyni o'z futbolchisi sifatida tanishtirdi
Futbolchi "Nasaf"dan ketganini elon qilgandi.
"Nasaf" klubi va O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Akmal Mozgovoy BAAning "Baniyas" klubi futbolchisiga aylandi. Amirliklar klubi futbolchini tanishtirdi. Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning malumotiga ko'ra Mozgovoy "Baniyas"da oyiga 50 ming evrodan ko'proq maosh oladi.
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Akmal jamoa bilan birga 3 marotaba O'zbekiston Kubogi, 3 marotaba Superkubokni, bir martadan Superliganing oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
17:41
VAR ishlamagan, ikkita kamerada translyaciya qilingan "Dinamo" – "Nasaf" bellashuvidan GALEREYA 6

Fikrlar