So’nggi yangiliklar

14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  1 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3

Qarzlarini bartaraf qila olmaganiga qaramay, "Navbahor"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi Yangiliklar

Qarzlarini bartaraf qila olmaganiga qaramay, "Navbahor"ga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi

PFL "Navbahor" klubiga istisno bilan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi.

Bu haqda O'zPFL rasman malum qildi.

"Namanganning "Navbahor" klubi joriy yilning 10 yanvar sanasiga qadar o'tgan mavsumdan qolib kelayotgan qarzdorlikni bartaraf qila olmadi. Biroq klub futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi tomonidan chiqarilgan qarorlar ijrosini to'liq bajardi. 

Associaciya hamda Liga klub bilan bog'liq qarzdorlik masalasi to'liq o'rganilguniga qadar transfer taqiqini olmaslikka qaror qildi. Bugun — 21 fevralda klub farm, U19, U21 va ayollar jamoalaridan qolib kelayotgan mavjud qarzdorlik masalasiga to'la oydinlik kiritdi. SHuningdek, qo'mitaga murojaat qilishga tayyorgarlik ko'rayotgan asosiy tarkib azolari bilan kelishuv imzolandi. 

Endilikda"Navbahor" oldiga birinchi galda yoshlar va ayollar jamoasi bilan hisob-kitob qilish vazifasi qo'yildi. Mazkur qarzdorlik dastlabki ikki uy uchrashuvidan ko'riladigan foyda hisobidan qoplanishi kafolatlandi. SHuningdek, klub CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatli yurishi natijasida ega chiqadigan daromadni ham ilk navbatda qarzlarni bartaraf etish uchun sarflaydi. Kelajakda "Navbahor" futzal, ayollar va yoshlar jamoalari bilan ishlash mexanizmini to'g'ri yo'lga qo'yishi shart. Mavjud holat mavsum davomida kuzatilsa va yil yakunida o'xshash masalalar amalda bo'lsa, klubga nisbatan yanada qatiyroq sankciyalar qo'llaniladi. 

Liga "Navbahor" klubining so'nggi yillardagi muvaffaqiyati, ayniqsa, jamoaning xalqaro maydonda qayd etayotgan natijalarini yuqori baholaydi. Muxlislar bilan ishlash, asosiy tarkibga bo'lgan talab va yondashuv masalasida "Navbahor" haqida iliq fikrlar bildirish mumkin. Mazkur holatlarni inobatga olib, "Navbahor" strukturasini to'liq professional ko'rinishga keltirish masalasi qayta ko'rib chiqilishi shartida Associaciya klubga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ruxsat beradi. 

SHuningdek, Associaciya tomonidan qo'yilgan talablar ijrosi bajarilganligi bo'yicha hisobotni 21 fevral kuni taqdim etgan Jizzaxning "So'g'diyona" klubidan ham transfer taqiqi echildi", -deyiladi O'zPFL bayonotida.

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика