So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

PSJ - "Liverpul" uchrashuvi haqida Yangiliklar

PSJ - "Liverpul" uchrashuvi haqida

Teglar :  Liverpul PSJ
12 soatdan so'ng, Franciya stadionida super to'qnashuv boshlanadi.

Bugun ECHL 5 turi doirasida muxlislar PSJ-"Liverpul" o'rtasidagi to'qnashuvga guvoh bo'lishadi. So'nggi marta, bu ikki klub sentyabr oyida "Enfild"da belashishgan va mersisaydliklar dramatik o'yinda g'alaba qozonishgan edi.

PSJ-"Liverpul" o'yini qachon bo'lib o'tadi?

Musobaqa: UEFA CHempionlar Ligasi, 5 tur
Uchrashuv qaerda o'tkaziladi: "Park de Prens"
Qachon: Payshanba, 29 noyabr 01:00 (Toshkent vaqti bilan)
Qaysi kanalda namoyish etiladi: Futbol TV, Match TV

O'yin prevyusi

ECHL S guruhida 4 tur ortda qolgan bir paytda barcha jamoalarda imkoniyat saqlanib turibdi. "Liverpul" va "Napoli" 6 ochko bilan guruhda peshqdamlik qilishayotgan bo'lsa, parijliklar hisobida 5 ochko bor. Serbiyaning "Crvena Zvezda" klubi ushbu "o'lim guruhi"da 4 ochko jamg'arishga erishgani taqsinga loyiq. Umuman, mazkur turdan so'ng, ko'p narsaga oydinlik kiritiladi.

Neymar, Kavani, Mbappe "trio"sining Saloh, Firmino, Mane uchligiga qarshi qanday harakat qilishi barchaning etibor markazida bo'ladi. Parijliklar Liga 1 da istagan ishlarini qilishmoqda. Lekin, ECHLda vaziyat biroz chigallashgan. Klopp jamoasi kamdan-kam hollarda himoyaga tayanadi. SHuning uchun, bugun faqat va faqat hujumkor o'yin ko'rsak ajab emas.



Tomonlarning o'zaro to'qnashuvida tenglikni ko'rishimiz mumkin. Ikkala klub ham 6 martadan g'alaba qozonishgan va 4 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan.

Yo'qotishlar

PSJ uchun asosiy yangilik - bu shubhasiz Neymar va Mbappening jarohatdan forig' bo'la olishgani. Tomas Tuhel o'yin oldi matbuot anjumanida ikkala shogirdi uchrashuvga tayyor ekani va asosiy tarkibda o'yinni boshlashlarini mamununiyat bilan tasdiqladi.

Liverpulning Parijga kelgan futbolchilaridan faqatgina Sadio Manening sog'ligida biroz xavotir bor. Biroq, senegallik vinger seshanba kungi mashg'ulotlarda o'zini yaxshi his etdi va katta ehtimol bilan u ham Kloppning asosiy tarkibidan o'rin oladi. Adam Lallana, Dominike Solanke, Nataniel Klayn, Divok Origi singari futbolchilar jarohatlar sababli Franciyaga borishmadi.

Tahminiy tarkiblar

PSJ: Buffon, Markinos, Silva, Kimpembe, Mene, Verrati, Di Mariya, Bernat, Mbappe, Neymar, Kavani.
Liverpul: Alisson, Arnold, Lovren, Van Deyk, Robertson, Xenderson, Veynaldum, Milner, Firmino, Mane, Salox.

Tahminiy hisob - 2:2

Nodir Abdurasulov tayyorladi


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика