So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

PFL “So'g'diyona” va “Metallurg” klublarini Superligadan chetlatishi mumkin Yangiliklar

PFL “So'g'diyona” va “Metallurg” klublarini Superligadan chetlatishi mumkin

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Aynan shu reglamentga muvofiq klublarni licenziyalash bo'yicha PFL ishchi guruhi 4 dekabr kuni “So'g'diyona” va 12 dekabr kuni “Metallurg” futbol klublarida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan monitoring o'tkazdi.

O'rganishlar jarayonida ikkala futbol klublari stadionlari maydonining talab darajasida emasligi, maydon yoritish tizimini mutaxassislarni jalb etgan holda sozlash kerakligi, stadiondagi o'rindiqlar, futbolchilarning kiyinish xonalari, hakamlar va komissar xonalari tamirtalab holatga kelib qolganiligi, futbol akademiyasini tashkil etish choralari ko'rilmagani, moliyaviy qarzdorliklarni bartaraf etilmagani, shuningdek, “So'g'diyona” stadionida OAV hodimlari uchun etarlicha sharoitning mavjud emasligi aniqlandi.

Takidlash lozim, “So'g'diyona” va “Metallurg” futbol klublari tomonidan mazkur kamchiliklar joriy yil 25 dekabr sanasiga qadar bartaraf etish choralari ko'rilmasa, O'zbekiston Professional futbol ligasining klublarni licenziyalash bo'yicha ishchi guruhi xulosasiga asosan futbol klublarini kelasi mavsum uchun Superligadan chetlashtirish masalasi ko'rib chiqilishi yuzasidan “So'g'diyona” va “Metallurg” futbol klublari jiddiy ogohlantirildi.


PFL "Buxoro"ni Superligadan chetlashtirishi mumkin

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика